Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

00:14:06 (GMT +5), yakshanba, 28 Мая 2017

“Talabalik bahori festivali” boshlandi

 Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Talabalik bahori — 2017” festivali boshlandi. 


    ­

         Bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda va yildan yilga, mazkur festivalda ishtirok etish istagida bo‘lgan iqtidorli yoshlar soni ham ortib bormoqda. Bu yilgi festivalni institutning Tashishni tashkil etish va transport logistikasi  fakulteti talabalari jamoasi boshlab berdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda talabalarning bir-biridan qiziqarli chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, raqs va yakka tartibdagi ijro mahoratlari yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

            

   Aprel oyining oxirigacha oliygohning yana 3 ta fakulteti talabari ushbu festivalda qatnashadi. Festivalda ishtirok etgan har bir jamoaning chiqishlari hakamlar tomonidan baholanib boriladi. Festival so‘ngida yuqori ballni qo‘lga kiritib g‘olib bo‘lgan jamoa respublikamizning tarixiy shaharlaridan biriga sayohatga borish imkonini qo‘lga kiritadi.    

     Ushbu festival talabalarni tarixiy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va o‘z mahoratini namoyish etishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish