Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:46:41 (GMT +5), juma, 28 iyul 2017

Peterburg davlat temir yo‘l universiteti delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi

       2017 yil 14-18 may kunlari Peterburg davlat temir yo‘l universiteti rektori A.Yu.Panichev rahbarligidagi delegatsiya hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini aniqlash, temir yo‘l transportida hamkorlikdagi ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Toshkent shahrida bo‘ladilar.
       


        Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori M.X.Rasulov, AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i O.N.Xudoyqulov bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
    Delegatsiya O‘zbekiston temir yo‘llarida loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi tegishli tashkilot rahbarlari bilan uchrashadi. Munozaralar doirasida kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish, ishlanmalarni temir yo‘l va metropolitenda qo‘llash, tezyurar poyezd ekspluatatsiyasi bo‘yicha tajribasi almashish sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
       Delegatsiya Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Samarqand temir yo‘l kollejidagi o‘quv jarayoni, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar.
       Muzokaralar natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti, hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

  • nashr uchun ko’rinish