Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

09:44:56 (GMT +5), seshanba, 25 iyul 2017

E’lon - yo’lovchilar uchun qulaylik


      

     Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Buxoro – Samarqand – Toshkent yo’nalishi bo’ylab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo’lovchi elektropoezdining qatnovi yo’lga qo’yiladi.

       №766/765-sonli poezd har kuni ertalabki soat 5:00 da Buxoro vokzalidan jo’nab, ertalabki soat 8:48 da Toshkent markaziy vokzaliga kirib keladi. Shu kuni kechki soat 18:50 da ortga qaytgan poezd tungi soat 22:48 da Buxoroga etib boradi.  

    Shu munosabat bilan 1 iyul kunidan boshlab Toshkent – Qarshi – Toshkent  hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo’nalishlarida harakatlanayotgan “Afrosiyob”  yo’lovchi elektropoezdlarining harakatlanish vaqtiga ham o’zgartirish kiritildi.

     Toshkent – Qarshi – Toshkent yo’nalishida harakatlanadigan №760/759-sonli “Afrosiyob” yo’lovchi elektropoezdi har kuni ertalabki soat 8:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo’nab, kunduzgi soat 11:20 da Qarshiga etib boradi va shu kunning o’zida kunduzgi soat 16:48 da Qarshi vokzalidan ortga qaytib, kechki soat 20:10da Toshkentga etib keladi.

     Toshkent – Buxoro – Toshkent yo’nalishida harakatlanadigan №762/761-sonli elektropoezd har kuni ertalabki  soat 7:30 da poytaxtdan jo’nab, kunduzgi soat 11:16 da Buxoroga etib boradi va shu kuni kunduzgi soat 15:52 da Buxorodan ortga qaytib, kechki soat 19:40da Toshkentga etib keladi.

     Shuningdek, 1 iyul kunidan boshlab bir qator yo’lovchi poezdlarning harakatlanish jadvaliga ham o’zgartirishlar kiritildi. Bu boradagi ma’lumotlarni www.railway.uz veb-sayti yoki 1005 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  AJ ma’muriyati

  • nashr uchun ko’rinish