“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Rossiya Federatsiyasining eng yaxshi texnika universiteti bilan hamkorligi

  • 07.07.2017
  • 1568

     

     Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va “N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” milliy tadqiqot universiteti (MGTU) o‘rtasidagi hukumatlararo bitim, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining rivojlanish Konsepsiyasini bajarish maqsadida ikkita ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
     Jumladan, joriy yilning 2-8 iyulь kunlari Toshkent shahrida N.E.Bauman nomidagi MGTU delegatsiyasi tashrif buyurgan. Delegatsiya tashrifi davomida akademik harakatchanlik, talabalar almashinuvi, hamkorlikda tadqiqotlar, seminarlar, master-klasslar o‘tkazish, ilmiy kadrlar malakasini oshirish, o‘qituvchilar, magistrlar, doktorantlar uchun amaliy ish tajribasini tashkil qilish kabi dasturlarni qamrab oluvchi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. SHuningdek, N.E.Bauman nomidagi MGTU kirish imtihonlari tashkil etildi.
     Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2016-2017 o‘quv yilidan boshlib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bilan birgalikda “”Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari”, “Yuqoritexnologiyali plazmali va energetik qurilmalar”, “Elektron qurilmalarni loyihalash va texnologiyasi”, “Eneregetik mashina qurilishi”, “Texnologik mashinalar va qurilmalar”, “Muzlatish, kriogen texnikasi va ta’minlash tizimi”, “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi” kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali va ko‘proq ehtiyojga ega kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti