Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

04:42:28 (GMT +5), juma, 20 oktabr 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimiz temir yo‘l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risi"dagi farmoni

Mamlakatimiz temir yo‘l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, №PF-5129, 4 avgust 2017 yil

       Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, tarmoqni zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, respublikamizda temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimini yaratish, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi»     

Ismailov Xalmurat - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshtemiryo‘lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri;

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan    

Shaymanov Absaxat Bozorovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz temir yo‘l masofasi yo‘l ta’mirlovchisi, Surxondaryo viloyati;

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan 

Abdullayev Nusratillo Sa’dullaevich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi bosh direktori;

Rabimov Toshkuvat Shodiyarovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand temir yo‘l masofasi ko‘prik ustasi, Samarqand viloyati;

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri – bosh muhandisi;

Soy Viktor Robertovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «406-ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi» unitar korxonasi boshlig‘i;

«Do‘stlik» ordeni bilan              

Sagdullayeva Elmira Shavkatovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati yetakchi muhandis-texnologi, Toshkent shahri;

Xolmamatov Ali Sultonovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qarshi elektr ta’minoti korxonasi elektromexanigi, Qashqadaryo viloyati;

«Shuhrat» medali bilan                    

Ganiyev Polat Begdullayevich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Rustamov Rustam Beknazarovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Buxoro aloqa va ishorat masofasi uchastka boshlig‘i, Buxoro viloyati;

Egamov Maruf Mirzaxmedovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘qon vagon deposi vagon yig‘uv sexi brigada boshlig‘i, Farg‘ona viloyati.

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 4-avgust


  • nashr uchun ko’rinish