Yo’lovchilar diqqatiga! "Afrosiyob"ning qo’shimcha qatnovi to’g’risida

  • 11.08.2017
  • 2365


    “O’zbekiston temir yo’llari” AJ shuni ma’lum qiladiki, yo’lovchilarning talabini qondirish va ularga xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent – Samarqand yo’nalishida barcha qulayliklarga ega bo’lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdining 764/763 raqamli qo’shimcha qatnovi yo’lga qo’yilmoqda.

      Poezdning qatnovi 2017 yil 12 avgustidan boshlab haftasiga uch marta, juma, shanba, va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

         Toshkentdan jo’nash vaqti soat 08:30, Samarkanddan esa – 17:00da.

         Qo’shimcha ma’lumot uchun 1005 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Axborot xizmati