×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:15:32 (GMT +5), dushanba, 18 dekabr 2017

Buxoro – Misken yo'nalishida po'lat izlari ulandi

Ma'lumki, yurtboshimiz Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro-Miskin yangi temir yo'l qurilishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishib, yo'nalishdagi ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalarini bergan edi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bildirilgan ishonchni temiryo'lchilar oqlashdi. Ya'ni qisqa muddatda milliy va zamonaviy kommunikatsiya tarmog'ining bir qismi Buxoro – Miskin temir yo'li qurilishining birinchi bosqichini o'z yakuniga yetkazishdi. Bugun loyihaning 147 va 148 kilometrlar oralig'ida so'nggi po'lat izlarni yotqizish marosimi bo'lib o'tdi. 

“Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo'lning umumiy uzunligi 335 km.ni tashkil e'tadi. Ayni paytda 335 km.ga po'lat izlar yotqizildi. Shuningdek, 121 ta sun'iy inshoot, 12 ta ko'prik va 6 ta yo'l o'tkazgichlar qurib bitkazildi. 21,2 mln kubometr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga ushbu yo'nalishda 5 ta stantsiya va shuncha raz'ezdlar ham barpo etildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 283,1 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shu kungacha 247 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag' o'zlashtirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning 2017 yil 13 martdagi “Buxoro — Miskin temir yo'l liniyasini qurish chora-tadbirlari” to'g'risidagi qaroriga ko'ra, mazkur liniyada bunyodkorlik ishlari jadal olib borildi. Jumladan, keng ko'lamdagi bunyodkorlik ishlarini tezkor, sifatli, o'z muddatida foydanishga topshirish uchun 1500 dan ortiq ishchi-xizmatchilar, yo'l qurilishi bilan bog'liq soha mutaxassislari, 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etilgan edi.
Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo'lgan oraliqda, bir vaktning o'zida har ikki tomondan qurib kelindi. Loyihani zamon talablari darajasida foydalanishga topshirish uchun Respublikamizda hozirgacha amalga oshirilgan yirik loyihalar, jumladan, “Navoiy – Uchquduq – Sulton-Uvaystog – Nukus”, “Toshg'uzor – Boysun – Qumqo'rg'on”, “Angren – Pop” temir yo'l qurilishlarida faol qatnashgan tajribali temiryo'lchilar mazkur loyihaga biriktirilgan.

Mazkur loyiha hayotga tadbiq etilgach, poezdlar harakati tezkorligini oshadi, ularning harakatlanish vaqti qisqaradi, umuman xalqimizga bir qator qulaylik yaratadi. Dastlab, mazkur temir yo'l liniyasi orqali yuk poezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu esa ushbu xududdagi qazilma boyliklarini o'zlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chikarish korxonalarini ochishga zamin yaratadi. 

Shu kunga qadar poytaxtdan Urganchga qatnovchi poezdlar 1064 kilometr yo'l bosib “Navoiy-Uchquduq-Miskin” magistrali orqali harakatlanayotgan bo'lsa, ushbu loyihaning qurib bitkazilishi bilan poezdlar qatnovi qariyib 75 kilometrga qisqaradi. Tabiiyki bu yo'l uchun ketadigan vaqtni, yonilg'ini va boshqa xarajatlarni tejashga zamin yaratadi. Bugun, butun O'zbekistonning xudud va mintaqalarini qamrab oladigan yagona milliy temir yo'l tarmog'i barpo etildi. Ular orqali Yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoezdlari qatnovining yo'lga qo'yilishi kimlar uchun mo''jiza, ba'zilar uchun kutilmagan yangilik, yana birovlar uchun esa orzular ro'yobi bo'ldi. Ayni damda mamlakatimiz temir yo'llarining umumiy uzunligi 6500 kilometrdan ortiq bo'lsa, Buxoro-Miskin yangi temir yo'l loyihasi foydalanishga topshirilgandan so'ng bu ko'rsatgich qariyib 7000 kilometrga yetadi.

Axborot xizmati



  • nashr uchun ko’rinish