Yo'lovchilar diqqatiga!

  • 08.09.2017
  • 1061


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 sentyabr` 2017 yil № PF-5177-sonli Farmoniga binoan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ shuni ma'lum qiladiki, O'zbekiston Respublikasi rezident va norezidentlari uchun safar hujjatlar (chiptalar)ni harid qilish 29 avgust 2017 yildagi holatga ko'ra o'zgarishsiz qoladi.

Ma'lumot uchun: Jahon hamjamiyatining amaliyotida temir yo'l tizimida yuk va yo'lovchi tashish xizmatlarini ayrboshlash jarayoni shveytsariya franki asosida amalga oshiriladi. Shu bois mamlakatimizda valyuta siyosatining liberallashtirilishi safar xujjatlar (chiptalar)ning narx-navosiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
 
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.



“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ ma'muriyati