Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

04:34:51 (GMT +5), juma, 20 oktabr 2017

Servis xizmat ko'rsatish markazi foydalanishga topshirildi

     Tezyurar poezdlardan foydalanish davlatning iqtisodiy qudratini belgilaydi. Chunki, ekspluatatsiya jarayoni zamonaviy texnologiyalarni xarid qilish, yangi ish o'rinlari yaratish, infratuzilmani takomillashtirishni talab etadi. Dunyo bo'yicha yuqori tezlikda harkatlanuvchi poezdlar qatnovi atigi 17 ta davlatda yo'lga qo'yilgan. Ular qatoridan O'zbekistonning ham munosib o'rin egallaganligi yurtimizda transport komunikatsiya sohasi izchil taraqqiy etib borayotganini anglatadi.



      Yurtimizda 2011 yildan boshlab xarakati yo'lga qo'yilgan “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi bugun chin ma'noda mamlakatimiz aholisi va mehmonlarining eng ishonchli, tezkor transportiga aylanib ulgurdi. Albatta uning sozligi, o'z vaqtida texnik nazoratdan o'tkazilishi xarakat xavfsizligini ta'minlash barobarida manzilga belgilangan vaqtda yetib borishiga xizmat qilmoqda. Shu kunga qadar mazkur elektropoezdga O'zbekiston lokomotiv deposi hududida qurilgan ta'mirlash sexida texnik xizmat ko'rsatilar edi. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining 2016 yil 12 fevraldagi №63–N sonly “Yukori tezlikdagi elektropoezdlarga xizmat ko'rsatish sexini qurilishi haqida”gi buyrug'iga binoan “O'ztemiryo'lmashta'mir” sho'ba korxonasi hududida yuqori tezlikda xarakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlarga texnik xizmat ko'rsatish markazi qurilishi boshlangan edi. Qisqa vaqt oralig'ida mazkur markaz qurib, foydalanishga topshirildi. 


         Qurilish “Toshtransloyiha” va “Boshtransloyiha” institutlari tomonidan loyhalashtirilib, Kapital kurilish direktsiyasining tajribali quruvchilari va Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi vakillari hamkorligida bunyod etildi. Markaz uchun ajratilgan umumiy maydon 10909,0 kvadrat metr bo'lib, qurilish maydoni 10273,0 kvadrat metrni tashkil etadi. Uzunligi 253 metr, eni esa 42 metrdan iborat. Loyiha doirasida bu yerda eng zamonaviy uskunalar o'rnatiladi. Harakat tarkibining g'ildiraklarini charxlash dastgohi, lokomotivning murakkab suriluvchi qismini almashtirish, elektropoezdlar vagoni g'ildiraklarini va konditsionerlarini yechib olish, elektropoezdlar g'ildiraklarini tekshirish uskunalari shular jumlasidandir. Shuningdek, asosiy binoda 2 ta 10 tonnalik, uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish xonalarida 2 ta 15 tonnalik kranlar o'rnatildi.
         Markazda uzunligi 96 metr, eni 9 metrdan iborat ma'muriy bino ham qad roslagan. Ushbu binoning birinchi qavatida 15 ta, ikkinchi qavatida 22 ta xizmat xonalari mavjud. Xonalar zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan. Wi-Fi Internet xizmati ishlab turibdi. Shartnoma asosida ishlayotgan Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi mutaxassislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Elektropoezdning harakat davomiyligini online nazorat qilish ham shu yerdan kuzatiladi.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish