Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

04:35:57 (GMT +5), juma, 20 oktabr 2017

Ziyo mulkin bayrog’isiz, ustozlar.

    

      Ustoz, o’qituvchi, murabbiy! Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi, ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi, eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi, mehr va odamiylik bulog‘i, o‘z sohasining zukko bilimdoni, adolat va haqiqat mezoni. Ustozlar hurmatga, xizmatlari esa tahsinga sazovordir. 
Shu munosabat bilan institut faollar zalida “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi. Unda professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

   — Mustaqillik tufayli yurtimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor kuchaydi, — deydi institut xodimlar bo’limi boshlig’i Zebo To’laganova. — 1997-yildan buyon 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayram sifatida keng nishonlanmoqda. Qalblarga ezgulik urug‘ini qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi. Bunday mas’uliyatli ishni ado etuvchilar o‘qituvchi-murabbiylardir! Muallim — kamolot ichra ko‘zgudir, deyilishi ham bejiz emas, albatta. Ustoz bizga hayotning mashaqqatlarini, egri-bugri so‘qmoqlarini, xursandchiliklarini, umuman, hayotning mazmunini o‘rgatuvchi zotdir. Shuning uchun ham muallim ko‘ngillarni yorituvchi, hayotga ziyo bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanadi.

Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, murruvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirdlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang Ustozlarga!

      Tadbir davomida yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqbol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol voyaga yetkazishga qo’shgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh professor-o’qituvchilar institut va kasaba uyushma qo’mitasining faxriy yorlig’i, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O’zbekiston Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Ustozim mening taqdirimda” mavzuidagi ijodiy insholar tanlovining g’oliblari ham tashkilot tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
    Bayramning ikkinchi qismida O’zbekiston badiiy jamoalari birlashmasi “Navro’z”, “O’zbekiston” ashula va raqs ansamblidan “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist”lar Asliddin Do’stov, Sobirjon Mo’minov va xonanda O’lmas Ollaberganov, iste’dodli yosh lirik xonandalar o’zlarining kuy va qo’shiqlari bilan barchaning kayfiyatini ko’tardi.
     Talaba - yoshlarning baxti va saodati uchun jon kuydirib, mehnat qilib, bor ilm va iqtidorini ishga solayotgan ustozlarga omad tilaymiz. 
      Bayram shukuhi davom etmoqda.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish