Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:50:51 (GMT +5), payshanba, 14 dekabr 2017

Joriy imtiyozlar va boshqalar haqida…

     O'tgan yilgi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentyabrdagi №330 sonli Qarori asosida, poytaxtimiz aholisi va Toshkent mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida, hamda shahar yo'lovchi tashish transportining harakat tarkibining harajatlarini qoplash maqsadida 2016 yil 1 oktyabrdan oylik chiptalarning yangi ko'rinishi joriy etildi.  


        Аvvalam, “yangi ko'rinish” talqini ostida Toshkent metropolitenida qayta joriy etilgan oylik chiptalar nazarda tutilgan. Qarorga binoan har bir chipta oyiga 180ta safarga mo'ljallangan bo'lib, 23 foizli chegirmaga ega. (Batafsil: http://lex.uz/Pages/GetPdfView.aspx?lact_id=3036998). Boshqa so'z bilan aytganda, o'tgan yili belgilangan yo'l kira narxi, ya'ni 1200 so'mning imtiyozi ushbu 23 foizidadir. Bundan kelib chiqib, oylik yo'l chipta egalari har bir safari uchun 924 so'm to'lab kelmoqda. Shuningdek, joriy yilning 15 mart kunidan boshlab yana bir imtiyoz taqdim etildi, ya'ni pensiya yoshidagi yo'lovchilar uchun metropolitendagi safar har kuni soat 10:00dan 16:00gacha bepul etib belgilangan.  

      Joriy yil 2 noyabr` kuni Xalkaro press-klubning navbatdagi sessiyasi Toshkent metropolitenining rivojlanishiga bag'ishlangan bo'lib, unda jurnalistlar o'zlarini sohaga oid qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Lekin, Internetdagi yangiliklarning monitoringi shuni ko'rsatyaptiki, ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan soha mutaxasisslarning so'zlarini noto'g'ri talqin etishayotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga yo'lovchilarni asossiz ma'lumot bilan ishontirib qo'yishmokda. Narx siyosati shular jumlasidandir. Internetdagi ayrim axborot saytlari Toshkent metropolitenida yo'l kira narxi 1200 so'mdan 820 so'mgacha tushirilishi kutilmokda, deya xabar berishmokda. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, hamda quyida taqdim etilayogan, aynan o'sha Xalkaro press-klub sessiyasining videosidan ko'rinib turibdiki, ushbu duv-duv gaplar asosizdir. 

           Bunga o'xshash turli asossiz, noo'rinli talqinlar ko'payb borayotganini inobatga olgan xolda, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati shularni ma'lum qiladiki, hamkorlik hamda konstruktiv muloqotga temir yo'l ma'muriyati doim tayyor. Agar sizni qiziqtirayotgan savollar, turli masallalar bo'lsa, Axborot xizmati (Press-slujba), Sayt ma'muriyati yoki Onlayn-kabulxonasiga murojaat etishingiz mumkin. Ushbu masalaga taaluqli bo'lgan barcha ma'lumotlar bilan “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy sayti www.railway.uz da tanishingiz mumkin. 

PRESS-KLUB VIDEOSI http://railway.uz/uz/informatsionnaya_sluzhba/videogalereya/video56/

Sayt ma'muriyati



  • nashr uchun ko’rinish