Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:50:29 (GMT +5), payshanba, 14 dekabr 2017

Ilmiy-texnik anjumani arafasida

     Toshkent temir yo'l muhandislari institutida xar yili bo'lib o'tadigan va resurslarni tejashga bagishlangan ananaviy anjumani ilmiy-tadqiqot maydoniga aylandi. Bu yerda nafaqat soxa oliygoxlarning olim va mutaxassislari, balki qo'shni mamlakatlardan tashrif buyurgan ziyolilar ishtirok etadi. Mazkur uchrashuvlarda ishlab chiqarish jarayonida resurslarni tejash, atrof muxitga bulgan zararni qisqartirish, halqaro tajriba almashinuvi, shuningdek yangi innovatsion loyixa va texnologiyalarni temir yo'l sohasida xamda O'zbekiston korxonalarida qo'llash masalalari muxokama qilinadi.

     Utgan yili bulib utgan anjuman resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, vagonlarning yon qismlarining (bokovie rami) mustahkamligi xamda xarakat tarkibining xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirish kabi masalalar keng va kizgin munozaralar ostida bulib utdi. Ma'ruzalarning asosiy qismi "Avtomatikaning tejamkor resurs texnologiyalari, elektr aloqasi va temir yul transportining energota'minoti” nomli sessiyasida boshqa soxa universitetlarning kator professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.

    Yuk aylanmasining oshishi xamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning faoliyat doirasi kengaygani xamda uning tassarufiga "O'zbekko'mir" AJ, "Sharg'unko'mir" AJ, "Sardoba" agrosanoat kompleksi qo'shilganligi sabab, ushbu anjuman mavzusi dolzarb ekanligi xamda dikkat markazida bulishi tabiiydir. Ushbu yunalishga "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyatining e'tibori xam tobora oshib bormoqda. 
    Joriy yil 5 va 6 dekabr kunlari Toshkent temir yo'l muhandislari institutida temir yo'l transportida resurs tejamkor texnologiyalarga bagishlangan navbatdagi ilmiy-texnik konferentsiyasi bo'lib o'tadi. Konferentsiyada olimlar, O'zbekiston Respublikasi va kator chet el davlatlardagi nufuzli oliygoxlarning vakillari, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ mutasaddilari xamda sanoat korxonalarining mutaxassislarining ishtiroki rejalashtirilgan. 

    Anjumanning asosiy maksadlaridan bu, sanoat korxonalirida xamda temir yo'l transportida energiyadan foydalanish samaradorligi va uni oshirish bo'yicha keng ko'lamli masalalar va usullarni muhokama qilishdir. Uchrashuvda resurslarni tejash loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va ularni moliyalashtirish, energetika resurslaridan samarali foydalanish muammolari, poezdlarning harakatlanishi va xarakat tarkibini ta'mirlash, temir yo'l va uni qurishda resurslarni tejovchi texnologiyalar borasida fikr almashish kuzda tutilmokda.

      Anjuman kuyidagi sho''ba yigilishlarda bulib utadi:
• Tashish jarayonini tashkil etish va boshqarishda resurs tejamkor texnologiyalari;
• Temir yo'l harakat tarkibidan foydalanishda va uni ta'mirlashda resurs tejamkor texnologiyalari;
• Yo'l xo'jaligi va temir yulni qurishda resurs tejamkor texnologiyalari;
• Temir yo'l transporti avtomatikasi, elektr aloqasi va energota'minotida resurs tejamkor texnologiyalari;
• Temir yo'l transportining moliya-iqtisod sohasida resurs tejamkor texnologiyalari.

        Konferentsiyada turli shakl (ma'ruza, munozara va x.k.) kurinishida ishtirok etish uchun taklif etamiz! 

     Anjumanda ishtirok etish niyatingiz bulsa, nauka@tashiit.uz elektron manziliga buyurtma va ma'ruza matnini 2017 yilning 28 noyabrgacha junatishingiz mumkin.  
    Batafsil ma'lumotni http://nauka.tashiit.uz/conf2017 saytida olishingiz mumkin yoki +998-71-299-05-12 telefon rakami orkali.

ToshTMI

  • nashr uchun ko’rinish