Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:43:47 (GMT +5), payshanba, 14 dekabr 2017

Jizzax vokzali: imkoniyatlar yanada kengaydi

       Temir yo'l transportidan foydalanuvchi yo'lovchilar oqimining ortishi tizimda jahon talablariga to'liq javob bera oladigan servis xizmatlarini joriy qilishni talab etadi. Bu borada so'nggi yillarda tarmoqda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy vokzallar va tezyurar elektropoezdlardagi qulayliklar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Bugun Toshkent yo'lovchilarni tashishni tashkil etish filialiga qarashli Jizzax temir yo'l vokzaliga tashrif buyurgan har bir odamning yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib ko'zi quvnaydi. Yaqindagina qayta ta'mirlangan vokzal shinam va yorug'.

        Milliylik va zamonaviylikni o'zida mujassam etgan. Xavfsizlik talablariga to'la javob beradigan tejamkor yoritish tizimlari va naqshinkor bezaklar bino salobatini, ayniqsa,  tunda yanada nurafshon etmoqda. Qayta ta'mirlash jarayonida vokzal imkoniyatlari ancha kengaytirildi. VIP zali, ona va bola xonasi, shuningdek, tibbiyot punkti zamonaviy ko'rinish kasb etgan. Yumshoq mebellar hamda eng so'nggi rusumdagi texnologiyalar bilan to'liq ta'minlandi. Binoning old tomonida yo'lovchilar uchun yozgi ayvon qurildi. Yo'lovchilar poezdning kelishini kutish barobarida, zalda o'rnatilgan monitorlarda temir yo'l va yurtimiz taraqqiyoti aks etgan videoroliklarni tomosha qilish yoki o'rnatilgan Wi-Fi internet xizmatidan foydalanish imkoniga ega.


     – Kun sayin vokzalimizdan foydalanayotgan yo'lovchilar soni ortib bormoqda, – deydi vokzal boshlig'i Farhod Abdusattorov. – Bu ko'rsatilayotgan xizmatlarning yaxshilanib borayotganini bildiradi. Bir kunda o'rtacha 5 yoki 6 ta yo'lovchi poezdlarda 150 nafardan ortiq yo'lovchiga xizmat ko'rsatilmoqda.

        Harakat xavfsizligini ta'minlash va mehnat muhofazasi masalalari doimiy e'tiborda. Atrof panjarali to'siqlar bilan o'ralib, yo'lovchilar kirish va chiqish yo'lagida zamonaviy tekshiruv texnologiyalari o'rnatilgan, binoning ichki va tashqi qismi kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi. Keng va ravon perron har qancha ko'p vagonli poezdlarni qabul  qila oladi va jo'nab ketayotgan barcha yo'lovchilarni sig'dira oladi.

      Vokzal hududiga 3500 tup gul ko'chati, 200 tupga yaqin xushmanzara archalar va turli manzarali daraxtlar ekilib, ularni sug'orishda avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan. Avtomobillar uchun turargoh ham qurilgan.  Muxtasar qilib aytganda, zamonaviy vokzal imkoniyatlari va yaratilgan sharoitlar yo'lovchilar manfaatlari yo'lida bekami-ko'st xizmat qilmoqda.

 Axborot  xizmati

 

  • nashr uchun ko’rinish