×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:48:06 (GMT +5), payshanba, 14 dekabr 2017

Buxoro – Misken: yangi temir yo'l, yangi ulkan imkoniyatlar

          Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro-Miskin yangi temir yul qurilishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishib, mazkur yo'nalishdagi ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalarini bergan edi. Temiryo'lchilar Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlab, qisqa muddatda milliy va zamonaviy transport kommunikatsiya tarmog'ining bir qismi Buxoro – Miskin temir yo'li qurilishining birinchi bosqichini o'z yakuniga yetkazishdi. Bugun ya'ni yangi temir yo'lni foydalanishga topshirish marosimi bo'lib o'tdi. 

        Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning 2017 yil 13 martdagi “Buxoro — Miskin temir yo'l liniyasini qurish chora-tadbirlari” to'g'risidagi qaroriga ko'ra, mazkur liniyada bunyodkorlik ishlari jadal olib borildi. Inshootni sifatli, o'z muddatida foydanishga topshirish uchun 1500 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar, yo'l qurilishi bilan bog'liq soha mutaxassislari, 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etildi. 

         Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo'lgan oraliqda, bir vaktning o'zida har ikki tomonda olib borildi. Loyihani zamon talablari darajasida foydalanishga topshirish uchun Respublikamizda hozirgacha amalga oshirilgan yirik loyihalar, jumladan, “Navoiy-Uchquduq-SultonUvaystog-Nukus”, “Toshg'uzor – Boysun – Qumqo'rg'on”, “Angren – Pop” temir yo'l qurilishlarida faol qatnashgan tajribali temiryo'lchilar mazkur loyihaga biriktirilgan.

      “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo'lning umumiy uzunligi 355 km.ni tashkil etadi. Ayni paytda 335 km.ga po'lat izlar yotqizildi, 20 kmda to'liq ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur liniyada 121 ta sun'iy inshoot, 12 ta ko'prik va 6 ta yo'l o'tkazgich qurib bitkazildi. 21,2 mln kubometr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga ushbu yo'nalishda 5 ta stantsiya (Yangiobod, Tuztepa, Uchachik, Suzakdor, Dautepa) va shuncha raz'ezdlar (Mashak, Azanir, Alabuga, Jakasay, Akchuqa) ham barpo etildi. Mazkur loyiha hayotga tadbiq etilgach, poezdlar harakati tezkorligi oshadi, ularning harakatlanish vaqti qisqaradi, umuman xalqimizga bir qator qulaylik yaratiladi. 

          Dastlab, mazkur temir yo'l liniyasi orqali yuk poezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu esa ushbu xududdagi qazilma boyliklarini o'zlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chikarish korxonalarini ochishga zamin yaratadi. Shu kunga qadar poytaxtdan Urganchga qatnovchi poezdlar 1064 kilometr yo'l bosib “Navoiy – Uchquduq – Miskin” magistrali orqali harakatlanayotgan bo'lsa, ushbu loyihaning qurib bitkazilishi bilan poezdlar qatnovi qariyib 100 kilometrga yaqin qisqardi. Tabiiyki bu yo'l uchun ketadigan vaqtni, yonilg'ini va boshqa xarajatlarni tejashga zamin yaratadi. Ayni damda mamlakatimiz temir yo'llarining umumiy uzunligi 6500 kilometrdan ortiq bo'lsa, Buxoro – Miskin yangi temir yo'li foydalanishga topshirilgandan so'ng bu ko'rsatgich qariyib 7000 kilometrga yetadi. Ushbu temir yo'lning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshirilib, kelgusida mazkur temir yo'l orqali elektropoezdlar qatnovi amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. 

         Bugun butun O'zbekistonning xudud va mintaqalarini qamrab oladigan yagona milliy temir yo'l tarmog'i barpo etildi. Ular orqali yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoezdlari qatnovining yo'lga qo'yilishi kimlar uchun mo''jiza, ba'zilar uchun kutilmagan yangilik, yana birovlar uchun esa orzular ro'yobi bo'ldi.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish