Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

20:46:52 (GMT +5), yakshanba, 21 oktabr 2018

Ulkan loyihalar amaliyotda

Mamlakatimizda ko'mir sanoatini rivojlantirish, ko'mir qazib oluvchi korxonalarning moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, moliyaviy qo'llab-quvvatlash, investorlarni kengrok jalb qilish borasida davlatimiz tomonidan bir qator xukukiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. 

Xususan, joriy yilning 8 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekko'mir” aktsiyadorlik jamiyati va “Sharg'unko'mir” aktsiyadorlik jamiyatini “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati tarkibiga o'tkazish hamda ko'mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar tug'risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu xujjatda ko'mir mahsulotini yetkazib berish, byudjet tashkilotlarida bu xom-ashyo uchun narx belgilanishi, aholiga sotiladigan ko'mirning chakana narxiga rioya etilishi, shuningdek, ularning asossiz ravishda qimmatlashib ketishining oldini olish va chek qo'yish choralari ko'rilishi ustidan samarali nazoratni ta'minlash belgilab quyildi. Shuningdek, “Sharg'unko'mir” aktsiyadorlik jamiyatining quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko'mir qazib chikarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlariga ham aloxida to'htalib o'tilgan.

Ma'lumki, joriy yilning 7 sentyabr kunidan boshlab Xitoyning China Railway Tunnel Group (CRTG) kompaniyasi xodimlari “Sharg'unko'mir” korxonasining modernizatsiyasi buyicha investitsion loyixasini boshlashdi. Unga ko'ra, xitoylik mutaxassislar eski 10-shaxtaning yopilib qolgan 1500 metr masofadagi qismini tozalash, yana qo'shimcha lavagacha (ko'mir) bo'lgan 2227 metr tunnel qismini qazish ishlarini olib borishadi. Shu bilan birga 6-shaxtani qazish va uni 10-shaxta bilan tutashtirish ishlarini amalga oshirishadi. Bir so'z bilan aytganda mazkur ob'ekt ishlab chiqarishga shay xolatda topshiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bunyodkorlik ishlarini 2020 yilning birinchi choragida yakunlab, ko'mir qazib olishni boshlash rejalashtirilgan. Buning natijasida qo'shimcha 450-500 dan ziyod yangi ish o'rinlari yaratiladi. Yangi texnika va texnologiyalar joriy etiladi. Xorijdan eng zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo'lgan ko'mir qazish uskunasi olib kelinadi. Uning yordamida yiligi 900 ming tonna tosh ko'mir qazib olish imkoniyati yaratiladi. Natijada Prezidentimiz tomonidan oldinga qo'yilgan vazifa to'la bajariladi, ya'ni yiligi 900 ming tonna yuqori sifatli ko'mir qazib olishga erishiladi.


 

“Sharg'unko'mir” aktsiyadorlik jamiyati maxsulotlarini halk xo'jaligiga o'z vaqtida yetkazib berish, ish unumini yanada oshirish maqsadida tashish hizmatlariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, bu yerda umumiy uzunligi 20 kilometr bo'lgan yangi temir yo'llar yotkiziladi. Shu bilan birga mavjud magistrallar qaytadan rekonstruktsiya qilinadi.

Sharg'un ko'mir koni eng boy zaxiraga ega maskan hisoblanib, undagi xom-ashyo hajmi hisob-kitoblarga qaraganda 33 million tonnadan ortiqni tashkil etadi. Boysundagi konining zaxirasi esa mutaxassislar tomonidan 29 million tonnadan ortiq deb baholangan. Hozirda korxonada 500 nafarga yaqin konchilar mehnat qilishyotgan bo'lsa, modernizatsiya ishlaridan so'ng bu ko'rsatkich yana shunchaga ortadi. Mavjud konlarda qazib olinayotgan mahsulotlarni tejab tergab ishlatish, turli talon-tarojliklarga yo'l quymaslik maqsadida “O'zbekistan temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli Xarbiylashtirilgan quriklash boshqarmasi tomonidan doimo nazorat olib borilmoqda. Maxsus video kuzatuv moslamalari o'rnatilgan.

Sharg'un konidagi modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari nihoyasiga yetgach Boysunda qazib olinayotgan ko'mirning bir qismini xorijga eksport qilish ham ko'zda tutilmoqda. Soxada olib borilgan ishlar samarasini yanada oshirish maqsadida tarmoqda malakali kadrlar jalb etilmoqda. Yosh mutaxassislarni xorijda o'qitish, tajribasini yanada oshirish borasida ham aniq reja asosida ishlar olib borilyapti.

Hozirgi ma'lumotlarga qaraganda dunyoda eng ko'p ko'mir qazish buyicha Xitoy, AQSh, Hindiston, Germaniya, Rossiya, Ukraina davlatlari yetakchi hisoblanadi. Yurtimiz ko'mir sanoatida amalga oshirilayotgan keng qamrovli modernizatsiya, texnik qayta jihozlash jarayonlari yaqin kelajakda O'zbekistonni ham ular qatoridan mustaxkam o'rin egallashiga sharoit yaratadi. Soha xodimlari ushbu xom-ashyoga bo'lgan mamlakat ehtiyojini qondiribgina qolmay, eksport imkoniyatlarini yanada kengaytiradilar.

 Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish