×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:19:42 (GMT +5), chorshanba, 18 iyul 2018

Yil sarhisobi va galdagi ustuvor vazifalar

2017 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining navbatdagi Rayosati bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurod Sobirov, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o'rinbosari Erkin Qodirov hamda kasaba uyushma hududiy qo'mitasi vakillari, boshqarma boshliqlari va bir guruh faxriy temiryo'lchilar ishtirok etishdi. Yig'ilish kun tartibidagi ko'plab masalalar, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning milliy parlamentimizga qilgan murojaatidan kelib chiqadigan kasaba uyushmalari oldida turgan ustuvor vazifalar, O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2017 yil yakunlari va 2018 yildagi ustuvor yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratildi.


- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida fuqarolardan 21658 ta murojaat kelib tushd, – deydi O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o'rinbosari Yo'ldosh Nazarov. – Shulardan 10954 tasi qanoatlantirildi, 103 tasini qanoatlantirish rad etildi, 10601 tasi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Hisobot davrida ko'rib chiqilgan jami murojaatlarning aksariyati mehnat muhofazasi, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti masalasi, mehnat shartnomasini bekor qilish, intizomiy jazo qo'llash tartibi to'g'risida, moddiy yordam va sanatoriyalarga yo'llanma so'rab hamda kasaba uyushmasi faoliyatiga oid boshqa masalalar bo'yichadir. Bundan tashqari, 2017 yil davomida Respublika Kengashi apparati hamda boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitalari xodimlari tomonidan fuqarolarni sayyor shaxsiy qabul qilish yo'lga qo'yilib, 14868 nafar  ishchi-xodimlar korxona va tashkilotlarda sayyor tarzda qabul qilingan. Shu bilan birga kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy himoya sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Birgina keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar va nafaqaxo'rlarni tibbiyot muassasalariga yotqizish va ularning sog'liklarini tiklash uchun 3 milliard 98 million 85 ming 631 so'm mablag' sarflangani ham ushbu sohaga e'tibor naqadar katta ekanligidan dalolat bermoqda.


Shuningdek, rayosat davomida kasaba uyushmalarining 2018 yildagi faoliyat yo'nalishini tasdiqlab olish va tizimda faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarni  ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda kasaba uyushmalarining rolini oshirish masalasi keng muhokama qilindi.


O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurot Sobirov kasaba uyushmalari doimo ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilikda yelkama-yelka turib, xalq manfaatiga xizmat qilishi zarurligini, har bir kasaba uyushma a'zosi buni yodda tutishi lozimligini, inson manfaati barcha narsadan ustun ekanligini ta'kidladi.

Rayosatda ko'rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig'ilish so'ngida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan bir guruh kasaba uyushma faxriylari, faxriy temiryo'lchilar va kasaba uyushmalar faollariga bayram sovg'alari topshirishdi.


Temiryo'lchilar va transport quruvchilari 
kasaba uyushmasi Respublika kengashi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish