×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:23:48 (GMT +5), seshanba, 24 aprel 2018

Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!

Joriy yilning 12 yanvar kuni Markaziy temiryo'lchilar madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!” mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi vakillari, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari hamda temiryo'lchilar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirini “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari Kadirov E.Sh. ochib berdi va mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta'minlash, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo'lgan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga to'la javob beradigan milliy armiyamiz shakllantirilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan va so'zga chiqqanlar Konstitutsiyamizning 52-moddasida, “O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir”, deb qayd etilganligi, ona Vataniga mehr-muhabbatli, sadoqatli kishilar ushbu ezgu da'vat mohiyatini doimo dildan his etib, shunga amal qilib yashashi, professional armiyani shakllantirish yo'lida amalga oshirilgan islohotlar tufayli unda xizmat qilish O'zbekiston fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki eng nufuzli kasblardan biriga, tom ma'nodagi shon-sharaf ishiga aylanganligini, bugungi kunga kelib harbiy xizmatni o'tash istagida bo'lgan yoshlarning soni kundan kunga ortib borayotganligida ko'rishimiz mumkinligi haqida ham to'xtalib o'tishdi.

Tadbirga taklif etilgan O'zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligining 71-186-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 7135-sonli harbiy qismlariga “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan estalik sovg'alari topshirildi.

Shundan so'ng, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan iqtidorli temiryo'lchi yoshlar tomonidan bayram kontsert dasturi taqdim etildi.






O'zbekiston Yoshlar ittifoqining
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ
yetakchilar Kengashi

  • nashr uchun ko’rinish