Yo'lovchilar uchun qulaylik

   

     “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiyati joriy yilning fevral oyidan boshlab bir qator xalqaro yo'nalishlarda qatnaydigan yo'lovchi poezdlari uchun qo'shimcha qatnovlarni yo'lga qo'yadi.

  Xususan, xozirgi kunda Toshkent-Moskva, Toshkent-Ufa va Andijon-Moskva yo'nalishlarida haftada bir marotaba xarakatlanayotgan yo'lovchi poezdlar fevral oyidan boshlab haftada 2 marotaba xarakatlana boshlaydi.

    Toshkent-Volgograd yo'nalishidagi yo'lovchi poezdi esa haftada 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi.
  Xurmatli yo'lovchilar chiptalar xarid qilishda muoammo yoki ortiqcha ovoragarchilikka duch kelsangiz “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiyati xududiy temir yo'l ma'lumotxonalarining telefon raqamlari yoki +99890 9577874 telegram raqamiga murojaat qiling.  

 “O'ztemiryo'lyo'lovchi” 
aktsiyadorlik jamiyati ma'muriyati


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI