Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:02:03 (GMT +5), juma, 14 dekabr 2018

Yo'lovchilarga qo'shimcha imtiyozlar

   

   “O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil yanvar oyidan boshlab xalqaro yo'nalishlarda qatnaydigan yo'lovchi poezdlariga chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilangan:
        Unga ko'ra, yo'lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa, 45 % chegirmaga ega bo'ladi.
— yo'lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa, 35 % chegirma oladi;
        Shuningdek, yo'lovchi platskart vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa, 35 % chegirma taqdim etiladi. Platskart vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 30-6 kun  oldin xarid qilgan yo'lovchilar 35 % chegirmaga ega bo'ladilar.
Chiptani poezdning jo'nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo'lovchiga esa, 5 % ustama qo'shilishi belgilangan.
       Mazkur chegirmalar ichki yo'nalishlar, shuningdek, guruh bo'lib yo'lga chiqqan yo'lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
      Xurmatli yo'lovchilar chiptalar xarid qilishda muoammo yoki ortiqcha ovoragarchilikka duch kelsangiz "O'ztemiryo'lyo'lovchi” aktsiyadorlik jamiyati xududiy temir yo'l ma'lumotxonalarining telefon raqamlari yoki +99890 9577874 telegram raqamiga murojaat qiling.  

“O'ztemiryo'lyo'lovchi” 
aktsiyadorlik jamiyati ma'muriyati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish