Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

05:20:25 (GMT +5), juma, 17 avgust 2018

Qarshi MTU: yangi bino foydalanishga topshirildi

“Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasining yangi ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy arxitektura talablari asosida qad rostlagan 4 qavatdan iborat ko'rkam bino so'nggi turdagi kommunikatsiyalar bilan jihozlangan. 

Inshoot “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasi hamda Kapital qurilish direktsiyasi buyurtmasi asosida “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilib, “Malaxit plyus” firmasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi. Yangi bino juda chiroyli, shinam va yorug'. Ishchilar uchun yaratilgan qulayliklar yanada kuch-g'ayrat bag'ishlab, mehnatga rag'bat uyg'otadi. Xonalarning zamonaviy texnologiyalar bilan to'liq ta'minlangani ish unumdorligining yanada oshishiga xizmat qiladi. Yangi ko'rinishdagi inshoot keng qulayliklarga ega. Xonalar tejamkor yoritgichlar, zamonaviy eshik va romlar, yumshoq mebellar bilan jihozlangan. Aloqa, internet tarmoqlari, isitish tizimi, suv ta'minoti va qo'shimcha kommunikatsiyalar bilan to'liq ta'minlangan. Mehnat muhofazasi xonasi ko'rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Muhtasham majlislar zali ham bir vaqtning o'zida 100 ga yaqin qatnashchini sig'dira oladi. Albatta, kanalizatsiya va sug'orish tizimlari sifatli o'rnatilgan. 

 

Gazlashtirish, issiqlik tizimlari, elektr ta'minoti xavfsizlik talablariga to'la javob beradi. Ko'kalamzorlashtirish ishlari zamonaviy landshaft arxitekturasi asosida obodonlashtirilgan. Manzarali daraxtlar va gul ko'chatlari ekilib, ko'm-ko'k maysalar yotqizilgan. Atrof panjarali to'siqlar bilan o'ralgan bo'lib, maxsus kuzatuv texnologiyalari asosida nazorat qilinadi. Endilikda texnik hujjatlarni qayta ishlash, temir yo'l nazorat inspektsiyasi hamda temir yo'l va aeroport harbiy holatlar bo'limi ham mazkur binoda faoliyat yuritadi. Bu “yagona darcha” tizimi faoliyatida qulaylik yaratib, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash imkonini beradi. Qarshi shahrining ko'rkam binolari qatoridan joy olgan mazkur inshootning foydalanishga topshirilishi uzel temiryo'lchilarining ulkan zafarlarga erishishida munosib xizmat qiladi. 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish