Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:59:17 (GMT +5), chorshanba, 23 Мая 2018

Islom Karimov – yangi davr o‘zbek davlatchiligining asoschisi.

Oliy ilm dargohimizning faollar zalida “Islom Karimov – yangi davr o‘zbek davlatchiligining asoschisi” mavzuidagi Respublika anjumanining birinchi qismi ya’ni yalpi yig’ilishi o’tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo’mita raisi, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz direktori A. Saidov, O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi raisi o'rinbosari Y. Nazarov, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig’i N. Erkinov va O’zbekiston Xalq artisti M.Yo’lchiyevalar ishtirok etdi va birinchi Prezidentimiz bilan bog’liq xotiralarni esladi.


Yig’ilish avvalida Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid “Mustaqil O’zbekiston asoschisi” filmi namoyish etildi.

Tadbirni institut rektori M. Rasulov olib bordi. Yig’ilganlarni mehmonlar bilan tanishtirib, birinchi Prezidentimiz rahnamoligida o’tgan davr mobaynida temir yo’l tizimi va institut hayotida amalga oshirilgan islohotlar xususida so’z yuritdi.


— Bugungi davr, Islom Karimov boshchiligida ozodlikka erishgan xalqimizning milliy salohiyatini yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarish, jamiyatning turli sohalarida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish davridir, — deydi rektor Ma’rufjon Rasulov. — Shunday ekan, biz ziyolilardan islohotlarga befarq bo’lmaslik, talaba-yoshlarni vatanparvar, fidoiy, o’zining mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega, jamiyatdagi islohotlarga daxldor shaxs sifatida tarbiyalash, yorqin kelajakka ishonch hamda o’z sohamizda faol bo’lishimizni taqozo etadi.

Uchrashuv davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo’mita raisi Akmal Saidov Islom Karimov bilan bog’liq xotiralarini esladi, mustaqillik yillarida birgalikda amalga oshirgan ishlarini gapirib berdi.

— Mustaqillikning ilk yillarida davlatimiz tang ahvolga tushib qolgan edi, — deydi akademik Akmal Saidov. — Birinchi prezidentimiz yurtimizni mana shunday tanglikdan qutqarib, ozod va obod Vatanga aylantirdi, yashash tarzimiz yaxshilandi. Bularning barchasida Islom Karimovning xizmatlari cheksiz.

Shuningdek, O’zbekiston Xalq artisti Munojat Yo’lchiyeva ham so’zga chiqib O’zbekistonning birinchi Prezidenti xususida fikrlarini bildirdi.


— Fransiya davlatida turib Vatanimda o’tkazilgan prezidentlik saylovida birinchilardan bo’lib Islom Karimovga ovoz bergan edim, — deydi O’zbekiston Xalq artisti Munojat Yo’lchiyeva. —. O’sha davrlarda shunday ahvolga tushib qolgan edikki, o’zbek farzandlari ona tili – o’zbek tilida gaplashishni unitayotgan edi. Ona tilimizga birinchi yurtboshimiz rahnamolgida davlat tili maqomining berilishi bilan bunga chek qo’yildi. Bugun ona tilimizda ravon, erkin gapira olamiz. Buyuk davlat arbobining san’at va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlari tahsinga loyiq Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida "Nihol" mukofoti, "Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti birinchi Prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’sis etilgani barchamizga ayon.

Shundan so’ng barcha ishtirokchilar sho’balarga maqolalar muhokamasiga taklif etildi. Konferensiya ishida barcha oliy va o’rta ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, ilmiy-tekshirish institutlarining ilmiy xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 250ga yaqin maqola 3 ta: mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy o’zgarishlar, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning barkamol avlodni tarbiyalash konsepsiyasi hamda ushbu mavzularda iqtidorli talabalar sho’balarida tinglandi. Anjuman ishining xulosasi sifatida taqdim etilgan va sho’bada ma’qullangan ilmiy ishlar to’plam sifatida chop etilishi belgilangan.


Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish