Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:29:32 (GMT +5), dushanba, 24 sentabr 2018

O'zbekiston-Turkmaniston: manfaatli hamkorlik yo'lida

   Joriy yilning 1-2 mart kunlari Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo'shma komissiyasining navbatdagi yig'ilishi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari Bayram Annameredov  mamlakatimizda bo'ldi. 



   Tashrif davomida martabali mexmon “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi. Xususan, u Toshkent metropoliteni Yunusobod yo'nalishida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishini ko'zdan kechirdi. Bu yerdagi yangi texnika va texnologiyalar, metrosozlik yo'nalishida qo'lga qiritilgan yutuqlar, loyihalarga yuqori baho berdi va mazkur bunyodkorlik ishlari tajribasini yig'ilganlarga namuna qilib ko'rsatdi.        

      Shundan so'ng mehmonlar “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati bosh muhandisi-bosh menejeri Xusniddin Hosilov hamroxligida joriy yili qurib foydalanishga topshirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektro poezdiga texnik xizmat ko'rsatish markaziga tashrif buyurishdi. Bu yerdagi yaratilgan sharoitlar, dispicherlik markazi, texnik xizmat ko'rsatish maskani Turkmaniston delegatsiyasi vakillarida iliq taassurot qoldirdi. Tashrif doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida yangi yo'llar qurish, magistrallarni elektrlashtirish, zamonaviy tez yurar poezdlar harakatini yo'lga qo'yish, yo'lovchilarga jahon andozalari darajasida qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham atroflicha tanishdi. Ushbu yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishdan har ikki mamlakat ham manfaatdor ekanligini alohida ta'kidladi.

      Shu o'rinda qisqacha ma'lumot, Bayram Annameredov 1995 yili Toshkent temir yo'l muhandislari institutini tamomlagan. Uzoq yillar Turkmaniston Temir yo'l transporti vazirligining turli bo'limlarida mehnat qilgan. 2012-17 yillarda Turkmaniston Temir yo'l vaziri bo'lib ishladi. 2017 yildan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.


Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish