×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:26:15 (GMT +5), dushanba, 24 sentabr 2018

O'zbekiston-Tojikiston: dillarni, ellarni bog'lagan temir yo'llar

Madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari yaqin bo'lgan o'zbek va tojik xalqlari qadim zamonlardan do'stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Bugun prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Imomali Rahmonning olib borayotgan siyosati tufayli mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar har tomonlama mustahkamlanib, o'zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Qisqa vaqt ichida ikki davlat rahbarining bu yo'nalishda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan yondashuvlari tufayli ko'plab sohalarda hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Xususan, temir yo'l tizimida ham o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlar yo'lga qo'yildi va rivojlanib bormoqda. 

Ikki davlat temir yo'l tarmoqlari o'rtasida tranzit yuklar tashish, yo'lovchi tashish, vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish, uni ta'mirlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha Tojikiston va O'zbekiston temir yo'l tizimini bog'lovchi yo'l faqat Bekobod va Quduqli stantsiyasilari bo'ylab amalga oshirilayotgan edi. Endilikda qo'shni davlat bilan Amuzang stantsiyasi orqali ham bog'lanish imkoniyati yaratildi.

Joriy yilning 9 mart kuni Amuzang va Xoshadi stantsiyalaridan dastlabki poezdlar harakati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Raxmon tomonidan ramziy tugmaning bosilishi bilan yo'lga qo'yildi. E'tiborli jihati, ikki mamlakat ravnaqi uchun xizmat qiluvchi tarixiy jarayon maxsus tashkil etilgan teleko'prik orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etildi.



Amuzang stantsiyasida hozirda nafaqat temiryo'lchilar uchun balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, ushbu stantsiya yurtimizni qo'shni davlat bilan bog'lovchi yangi darvoza sifatida faoliyat ko'rsatadi hamda Tojikiston Respublikasining janubiy va sharqiy hudularini bog'laydi.

Ushbu yo'l ikki davlat manfaati uchun xizmat qiladi. Xususan, Tojikiston Respublikasi tranzit yuklarini o'tkazishda eng muhim yo'lak hisoblanadi. Boisi, bu yerdan Turkmaniston va Afg'oniston davlatlariga chiqish imkoniyati yanada kengayadi. Shuningdek, yo'lovchi tashish borasida ham yangi yo'nalishlarni joriy etishda bir qator qulayliklar yaratadi. 

Mazkur foydalanishga topshirilayotgan liniya ikki davlat o'rtasidagi tovar ayriboshlash, eksport - import xizmatlarini ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eng muhimi xalqlarimiz o'rtasidagi o'zaro qo'shnichilik aloqalarini mustaxkamlaydi.


 Axborot xizmai

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish