Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:05:48 (GMT +5), chorshanba, 18 iyul 2018

1000 nafardan ortiq bitiruvchi ishga joylashtirildi

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida 2017-2018 o'quv yili bitiruvchilari bandligini ta'minlash, ularni tarmoqning korxona va tashkilotlariga ishga joylashtirish yuzasidan an'anaviy tadbir bo'lib o'tdi.



Unda bitiruvchilar va tarmoq tashkilotlari o'rtasida ishga qabul qilish bo'yicha o'zaro shartnomalar imzolandi. Bu yil institutni 21 ta bakalavr yo'nalishi, 12 ta magistratura yo'nalishi bo'yicha jami 1083 nafar talaba o'qishni tamomlaydi. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi tomonidan temir yo'l korxona va tashkilotlarining yosh mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji atroflicha o'rganib chiqilgan. Shundan kelib chiqqan holda bitiruvchilar ishga joylashtirilmoqda.

Ma'lumki, bugungi kunda tizim ko'lami kengayib bormoqda. Xususan, “O'zbekko'mir” aktsiyadorlik jamiyati hamda “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining tarmoq tasarrufiga o'tishi bilan soha mutaxassislariga talab ortdi. Taqsimotda mazkur tashkilotlarning mutasaddi vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda ushbu korxonalar imkoniyatlari, yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi va bo'sh ish o'rinlari bo'yicha bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

– Institutni tamomlagach, ish faoliyatimni “Ko'p­rikqurilish tresti” unitar korxonasida bosh­lamoqchiman, – deydi qurilish fakul`teti bitiruvchisi Iqboljon Tursunov. – Ishlab chiqarish amaliyotimni aynan shu yerda o'tagan edim. Bu korxonaning ish faoliyati, imkoniyatlari menga ma'qul keldi. Institutda olgan bilimimni amaliyotga tatbiq etaman va yirik loyihalar qurilishida  ishtirok etib, soha taraqqiyotiga xizmat qilaman.

Tadbirda ustoz-murabbiylar mamlakatimizda yoshlarga ta'lim berish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasi xususida so'z yuritib, bo'lajak temir­yo'lchilarning yetuk mutaxassislar bo'lishiga ishonch bildirishdi.




Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish