×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:40:32 (GMT +5), dushanba, 24 sentabr 2018

Urganch-Xiva: ko'xna shahar zamonaviy poezdlarni kutmoqda

Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha eng ko'p sayyoh Frantsiya davlatiga tashrif buyurar ekan. Har yili ushbu mamlakatga 84,7 million kishi sayr qilish uchun kelar ekan. Keyingi o'rinlarni AQSh va Ispaniya o'rin egallagan. O'zbekiston ham sayyohlik oqimi o'sib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Birgina o'tgan yilning o'zida 2 yarim million nafar xorijliklar serquyosh o'lkamizda bo'lib, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalar, osori-atiqalar, madaniyati va urf odatlari bilan yaqindan tanishdi.

Turizm dunyoda eng serdaromad sohalardan biri sifatida e'tirof etiladi. Shu bois mamlakatimizda sayyohlikni yildan-yilga rivojlantirish, bu borada tadbirkorlar va investorlarga ko'plab qulayliklar yaratish maqsadida bir qator sa'yi-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, eng ko'p mexmonlar tashrif buyuruvchi davlatlar fuqarolariga viza rejimi bekor qilindi, eko va ziyorat turizmi joriy etildi, temir yo'l va xavo yo'llar orqali yangi yo'nalishlarda qatnovlar yo'lga qo'yildi.

Tabiiyki, sayyohlikni rivojlantirishda transport eng muhim vosita hisoblanadi. Sayyohlar birinchi navbatda transport xizmatidan foydalanadi. Undagi servis va shart-sharoitlar yuqori dajarada tashkil etilgan bo'lsa, dastlabki onlardan mehmonlarning yurtimizga bo'lgan munosabati ham ijobiy tomonga o'zgaradi. Butun tashrif davomida yuqori kayfiyat ularni tark tmaydi. Hozirgi kunda Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlariga “Afrosiyob” elektropoezdi qatnovi muntazam tashkil etilgan bo'lsa, ha demay bu uchqur poezdlar Shaxrisabz va Xiva shaharlariga ham harakatlana boshlaydi.


Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Xiva shahrigacha temir yo'l qurildi. Shu kungacha bu yerda ko'zda tutilgan mavjud muhandislik tarmoqlarining temir yo'l bilan 89 ta kesishmalari qayta qurildi. Jami 831 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi hamda 33,8 kilometr yer ko'tarma ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida rejalashtirilgan 93 ta suv o'tkazuvchi sun'iy inshootlar, 5 ta ko'prik va 1 ta yo'l o'tkazgich qurib bitkazildi. Umumiy qiymati 35,9 million AQSh dollari bo'lgan loyihani 2017-2018 yillarda amalga oshirilish belgilangan edi. Mana qisqa fursatda Xorazm viloyati markazi bilan ko'xna shaharni bog'lovchi yangi temir yo'l sifatli va zamon talablari darajasida to'liq qurib bitkazildi. Endilikda bunyod etilgan yangi liniyada tashishlar Urganch va Xiva stantsiyalari orqali amalga oshiriladi.


Loyiha doirasida Xiva shahrida bir vaqtning o'zida 200 yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan milliy uslublar bilan uyg'unlashgan temir yo'l zamonaviy vokzali ham barpo etilmoqda. Yangi qurilgan vokzal binosining tashqi ko'rinishi Xorazm me'morchiligi namunalari o'zida aks ettiradi. Vokzalda elektr, isitish suv ta'minoti va oqova tizimlari o'rnatildi, shu bilan birga pardozlash ishlari ham olib borilmoqda. Yangi vokzal binosi atrofidagi xududlarda obodonlashtirish hamda zamonaviy favvorani barpo etish ishlari yakunlanmoqda. Yangi temir yo'lning qurilishi, vokzal binosining barpo etilishi ushbu xududda sayyohlar oqimi yanada ortishiga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish