Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

03:14:30 (GMT +5), dushanba, 22 oktabr 2018

E'LON

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati respublikamizda eksport salohiyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida temir yo'l transporti orqali yangi yetishtirilgan ho'l meva va sabzavotlar hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari tashuvlari amalga oshirilganida chegirmalar qo'llanilishi haqida quyidagilarni ma'lum qiladi: 


1. O'zbekiston hududida yangi yetishtirilgan ho'l meva va sabzavotlar hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo'nalishida tashilganida 50 foizlik chegirma qo'llash tartibi o'rnatilgan. Shuningdek, respublika bilan chegaradosh temir yo'l bekatlaridan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan temir yo'l bekatlaridan yangi yetishtirilgan ho'l meva va sabzavotlar hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari refrijerator sektsiyalarda tashilganida qo'shimcha 30 foizlik chegirma taqdim etiladi.

2. Qo'shni Qozog'iston hududi orqali O'zbekistonda yangi yetishtirilgan ho'l meva va sabzavotlar, kartoshka va tovuq go'shti olib o'tish uchun tranzit tashuvlarida 50 foiz chegirma qo'llanilishi tartibi o'rnatilgan. Mazkur chegirmalarning taqdim etilishi “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati “O'ztemiryo'lekspeditsiya” unitar korxonasi orqali amalga oshiriladi. (Murojaat uchun telefon raqami: (+99871) 238-88-11. Faks: (+99871) 238-85-49. E-mail: info@uzbexzhd.uz). Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

3. Rossiya Federatsiyasi hududiga yangi yetishtirilgan ho'l meva va sabzavotlar refrijerator vagonlarda olib kirilganda, Rossiya davlati tomonidan 50 foizlik chegirma qo'llaniladi.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida batafsil ma'lumotlar olish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining mintaqaviy temir yo'l uzellari tarkibida maxsus bo'linmalar tashkil etilgan. Ish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha.

Murojaat uchun telefonlar:

Toshkent MTU – (0-371) 299-95-44
Buxoro MTU – (98) 774-43-01
Qo'qon MTU – (0-373) 543-12-45
Qarshi MTU – (0-375) 227-20-98
Termiz MTU – (0-376) 222-24-00
Qo'ng'irot MTU – (0-361) 312-18-43

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish