Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

05:24:18 (GMT +5), juma, 17 avgust 2018

Loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqarish uchun loyiha tashkilotini tanlash tanlovi e'lon qilinadi

Nashr sanasi: 14.05.2018 y.
Chiqish sanasi: 28.05.2018 y.

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ Kapital qurilish direktsiyasi loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihachi tashkilot  tanlovini e'lon qiladi.

«O'TY» AJ Kapital qurilish direktsiyasi o'rnatilgan norma va talablar asosida Surxondaryo viloyati “Sharg'unko'mir” AJ korxonasiga qarashli “Sharg'unko'mir” ko'mir koniga olib boruvchi temir yo'l shohobchasi qurilishi bo'yicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiquvchi loyihachi tashkilot  tanlash Tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar yuridik shaxslardan qabul qilinadi. Tanlov xujjatlari (elektron shaklda) tanlovda ishtirok etishga talabnoma yuborgan yuridik shaxslarga e'lon nashr etilgan kundan boshlab 3(uch) kalendar` kuni davomida taqdim  qilinadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi loyihachi korxonalarga qo'yilgan talablar:
- loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega bo'lish;
- loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan soha mutaxassislar  personaliga 
ega  bo'lish;
- e'londa qayd etilgan ob'ektlarga o'xshash ob'ektlar qurilishi bo'yicha loyiha-smeta xujjatlar ishlab chiqarish tajribasiga ega bo'lish.

Tanlov xujjatlari asosida tayerlangan tijorat taklifi har kuni toshkent vaqti bilan soat 9-00 dan 16-00 gacha konvertda yopiq holatda  pochta orqali yoki bevosita orqali topshiriladi.
Tanlovni topshirish oxirgi muddati 28 may 2018 yil 

Tanlov xujjatlarini taqdim qilish, hamda tijorat takliflarini qabul qilish kuyidagi manzil bo'yicha Kapital qurilish direktsiyasida amalga oshiriladi:

O'zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent sh., T.Shevchenko,7 uy.
 «O'zbekiston temir yo'llari»  AJ
Aloqador shaxs: Yuldashev R.
Telefon: +99871-238-83-38,237-89-78

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ
 Kapital qurilish direktsiyasi 


Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish