Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:38:01 (GMT +5), payshanba, 16 avgust 2018

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ temir yo’l ustki qurilmasi materiallarini yetkazib berish yuzasidan tanlov e'lon qiladi

 

«O'zbekiston temir yo'llari» Aktsiyadorlik Jamiyatiga qarashli Yo’l xo’jaligi boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi №2313-sonli qaroriga asosan temir yo’llarini ta’mirlash, joriy ta’mirlash va yangi temir yo’l qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida qurilish va temir yo’l ustki qurilmasi materiallarini yetkazib berish yuzasidan tanlov asosida shartnomalar tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.  

Tanlovda qatnashuvchilar xujjatlarni topshirishi jarayonida malakali tanlov va eng yaxshi takliflarni berishi, xamda qatnashuvchi 2018 yil 9 aprel №472 sonli O'zbekiston Respublikasi tanlovlarni o’tkazish qonunchiligida keltirilgan talablar va yo'riqnomalar bilan tanishganligini tasdiqlashi kerak.

Malakali tanlov uchun to'plangan xujjatlar va tanlov takliflari muxrlangan va konvertga solingan xolda pochta xizmatilari orqali yoki bevosita manzilga yuborilishi kerak.

Tanlovda qatnashuvchilar malakali tanlov uchun to'plangan xujjatlari va takliflarini  2018 yil 12 iyul` sanasi soat 17:00 gacha tanlov guruxi manzili bo’lgan O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri 100006, T.Shevchenko ko’chasi 7 uy. Telefon raqami (998-71) 237-97-89, 237-87-87. (998-90) 946-65-33. ga yuborishi kerak.

Tanlov takliflari jadval ko'rinishida ya'ni maxsulot nomi, maxsulot narxi (ishlar, xizmatlar), to'lov shartlari va davlat standarti (maxsulot ishlab chiqarilgan davlatning maxsulotlari, sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi xujjatlari, guvoxnomalari), yetkazib berish sanasi, ishlab chiqaruvchi korxona nomi ko'rstatilishi kerak.

Tanlov uchun to'plangan barcha xujjatlar va takliflar shaxsan tashkilot raxbarining asliga to’g'ri imzosi va korxona muxri bilan rasmiylashtirilib to'ldirilgan bo'lishi kerak.

№ t/r Materiallar nomi GOST,ОSТ,ТU O’lch. birligi Miqdori
1 Shlangli bolt GОSТ 16017-2014 dona 1 608 825
2 Murvatli bolt GОSТ 16016-2014 dond 1 663 999
3 Gayka М 22 GОSТ 16018-2014 dona 3 272 816
4 2-qatorli shayba GОSТ 21797-2014 dona 4 139 900
5 Yassi shayba ТU dona 1 688 485
6 Tayanchlar GОSТ 5812-2014 dona 100 000
7 Shuruplar GОSТ 809-2014 dona 130 000
8 Rezina qoplama ostiga qoplama ТU dona 1 268 062
9 Rezina qoplama rels ostiga ТU dona 1 975 925
10 Izolyasiyalangan burma ТU dona 1 688 485
11 R-65 relslar uchun izolyasiya ТU коmp. 16 000
12 R-50 relslari uchun izolyasiya ТU коmp. 3 000
13 Temir-beton shpallar GОSТ 10629-88 dona 264 319
14 Temir-beton bruslar ТU коmp. 161
15 Chaqiq tosh 25-60 mm o’chamli GОSТ 7392-2014 m3 1 606 545
16 Chaqiq tosh 5-25 mm o’chamli GОSТ 7392-2014 m3 450 000
17 Qum-chaqiq tosh aralashmasi ГОСТ 25607-2009 м3 181 000
18 BF-70 shpal rezina qoplamalari ТU dona 70 000

Tanlov takliflari amal qilish muddati tanlov takliflari qabuli tugagan kunidan boshlab 3 (uch) oydan kam bo'lmasligi kerak.  

Tanlov xujjatlarini topshirish tar'tibiga aniqlik kiritish va to'lik ma'lumot olish uchun shaxsan  «O'zbekiston temir yo'llari» Aktsiyadorlik Jamiyatiga qarashli Yo’l xo’jaligi boshqarmasi capital ta’mirlash bo'lim muhandisi Kan U.Mga (998-90) 946-65-33) 237-97-89 telefon rakami orqali yoki, bilvosita p@railway.uz manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

 Yo’l xo’jaligi boshqarmasi


Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish