Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

08:16:22 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

№TV-03 «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (biznes) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksini qurish loyihasi doirasida tender tanlovining muddatini uzaytirish to'g'risida ogohlantirish

Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddatini uzaytirish to'g'risida ogohlantirish

№TV-03 «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (biznes) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksini qurish loyihasi doirasida sun’iy uchish-qo’nish yo’lining uzunligini hisobga olgan holda ALSF-II yondirish yoritkich sxemasiga muvofiq CAT III (ICAO) yoritish uskunalarini tizimini xarid qilish» tenderi doirasida ishtirokchilarining tanlov takliflarini qabul qilish muddatlarini uzaytirish bo'yicha arizalar qabul qilinishi munosabati bilan, Tender komissiyasi tenderda ishtirok etish uchun tanlov takliflarini qabul qilish muddatini uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi. 

Shu munosabat bilan tender takliflarini qabul qilish muddati 2019 yilning 26 – mart 15:00 soat (Toshkent vaqti bilan) gacha uzaytirildi. Tanlov hujjatlarining boshqa shartlari ozgarmadi. 

MAHSULOTNING NARXI VA TAVSIFI 

«Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (biznes) aviatsiyasining zamonaviy aeroport kompleksini qurish loyihasi doirasida sun’iy uchish-qo’nish yo’lining uzunligini hisobga olgan holda ALSF-II yondirish yoritkich sxemasiga muvofiq CAT III (ICAO) yoritish uskunalarini tizimini xarid qilish. 

Xarid qilinayotgan ob'ekt uchun boshlang'ich bahosi tanlov hujjatining narxlar qismida ko'rsatilgan.

Moliyalashtirish manbasi - O'zbekiston Respublikasi Rekonstruktsiya va taraqqiyot fondi.

TANLOV O'TKAZILADIGAN JOYNING MANZILI 

O’zbekiston Respublikasi, Toshktent shahri, 100060, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko’ch,7, АJ «O’zbekiston temir yo’llari». 

TANLOV ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR 

Tanlovda ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun tegishli sertifikatlar va litsenziyaga ega xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni istagan etkazib beruvchilar mijozga yozma ravishda xabar berishlari kerak (xat rasmiy blanka shaklda quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak).

            BUYURTMACHI VA LOTLAR XAQIDA MALUMOT

Buyurtmachi nomi: Kapital qurilish direksiyasi, АJ «O’zbekiston temir yo’llari».
TIN (ИНН): 202342708 
Buyurtmachi manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshktent shahri, 100060, Mirobod tumani, T,Shevchenko ko’ch,7, АJ «O’zbekiston temir yo’llari». 

Boshlanish sanasi: 21-yanvar 2019 y. 

Tugatilish sanasi: 26-mart 2019 y. 

Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni: 26-mart 2019 y. soat 15:00 gacha (toshkent shahri vaqti bilan)

Takliflarni taqdim etish manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshktent shahri, 100060, Mirobod tumani, T,Shevchenko ko’ch,7, Kapital qurilish direksiyasi, Loyihalarni amalga oshirish guruhi, АJ «O’zbekiston temir yo’llari».
Aloqa bo’limi: Yunusov B., tel.: +998 97 746 55 65, +998 94 666 24 04 +998 71 238 94 20, e-mail: piuap@railway.uz.

Qiziqish bildirgan tomonlar tanlov xujjatini maxsus axborot portali (www.xarid.uz) orqali yuklab olishlari yoki buyurtmachiga yozma shaklda (firma blankida) murojaat qilib olishlari mumkin (xatning skaner qilingan shakli ko'rsatilgan elektron manzilga yuborilishi kerak).  

  Loyihalarni amalga oshirish guruhi

Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish