Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

16:24:39 (GMT +5), chorshanba, 26 iyun 2019

ToshTYMI “Qurilish materiallari” o'quv laboratoriyasini o'quv asboblari bilan ta'minlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

TANLOV BO'YICHA E'LON

      “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati qoshidagi Toshkent temir yo'l muhandislari instituti “Qurilish materiallari” o'quv laboratoriyasini o'quv asboblari bilan ta'minlash bo'yicha eng yaxshi takliflar tanlovini e'lon qiladi.

Lot №1:

Asbob-uskunalarning nomlanishi Soni
(dona)
Qo'llanilishi
1 MiniFlex 600 rentgen difraktometri 1 ta Qurilish materiallari mineralogik
tarkibini o'rganish uchun
2 NIRFlex N-500 spektrometri 1 ta Qurilish materiallarining fizik va kimyoviy tahlilini o'tkazish uchun
3 Rigaku AutoMATE II qoldiq kuchlanishlar analizatori 1 ta Qurilish materiallarining fizik va kimyoviy tahlilini o'tkazish uchun

Tanlovda asbob va uskunalarni yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi, tegishli litsenziyalarga, ixtisoslashtirilgan jihozlarga hamda uch yillik ish tajribasiga va turli xil mulk shakliga ega korxonalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar 2019 yil 21 mayga qadar ToshTYMI qabulxonasida qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish takliflari faqat yozma shaklda, yopiq konvertda tegishli xat ilova qilingan holda taqdim etiladi.

Tanlov hujjatlariga oid so'rovlar og'zaki va yozma ravishda, tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar yozma shaklda qabul qilinadi. (telefon: (71)299-04-41, (+998) 90 946-98-55)), e-mail: prx55@mail.ru. Mas'ul – Pirmatov R.X., +99890 946-98-55.

ToshTYMI ma’muriyati

Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish