Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:51:24 (GMT +5), chorshanba, 19 dekabr 2018

JORC kodeksiga binoan zahiralarni baholash bo'yicha tanlov

«O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyati («Xaridor») "Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi" loyihasi doirasida JORC kodeksiga binoan Tebinbuloq konining titan-magnetitli ruda zahiralarini baholash bo'yicha tanlov e'lon qiladi va xizmatlarni taqdim etish uchun muhrlangan texnik va savdo takliflarni taqdim etishga taklif qiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi" loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to'g'risida"gi 2018 yil 12 yanvardagi PQ-3473-sonli Farmoni.

Tanlov savdolari 2018 yil 23 mayda o'tkaziladi. Tanlov savdolarining boshlang'ich bahosi 49,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ushbu tanlov jarayonida faqat quyidagi malaka talablariga javob beradigan 

Tanlov ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin:

-     oxirgi uch yil mobaynida ikkita shu kabi shartnomalarni bajargan va tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etgan;

-     xodimlari safida kon muhandislari va geologlarining mavjudligi va malakasi, JORC kodeksi doirasida temir ruda konlari va foydali qazilmalari zahiralarini baholash boyicha so'nggi uch yil davomida tajribaga ega bo'lgan Vakolatli shaxslar kamida bir yil ishlab kelayotganligi haqida tasdiqlovchi hujjatlar daqdim etgan ishtirokchi;

-     xodimlari safida 5 yildan buyon tegishli turdagi konlar bo’yicha ish tajribasiga ega bo'lgan shaxs va ushbu shaxs ishtirok etadigan faoliyat sohasidagi vakolatli shaxsning mavjudligi haqida hujjatlar taqdim etgan;

-     oxirgi uch yil mobaynida temir rudalari konlarining yer osti boyliklari va rudalari zaxiralarini JORC kodeksi doirasida baholashni amalga oshirilgan ishlar bo’yicha korxonalardan baholashlar taqdim etgan.

Tanlov savdolari bitta bosqichda amalga oshiriladigan bitta konvertga muvofiq o'tkaziladi va barcha qatnashchilar uchun ochiq bo'ladi.

Muvofiq manfaatli ishtirokchilar tanlov hujjatlari va qo'shimcha ma'lumotni quyida keltirilgan manzil bo'yicha 2018 yil 18 apreldan mahalliy vaqt bilan 09:00 dan 18:00 gacha olishlari mumkin.

Tanlov hujjatlarini rus tilida olish uchun qatnashchilari quyidagi manzilga yozma ariza yuborish kerak.

Xizmatlarni qabul qiluvchining tegishli ishtirokchisiga tanlov hujjatlarini taqdim etish uchun to'lov amalga oshirilmaydi.

Talabnoma bo'yicha t anlov hujjatlari elektron pochta orqali tegishli ishtirokchining manziliga yuboriladi.

Tegishli ishtirokchilarning tanlov takliflari quyida keltirilgan manzilga 2018 yil 18 may kuni soat 17:00 gacha topshirilishi kerak. Kech qabul qilingan takliflar rad etiladi. Takliflar, quyida keltirilgan manzilga tashrif buyurishni istagan ishtirokchilar vakillarining ishtirokida, 2017 yil 23 may kuni soat 15:00 da ochiladi.

«O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyati tanlov ishtirokchilari tomonidan takliflar tayyorlash va takliflarni etkazib berish bilan bog'liq xarajatlar uchun javobgar emas.

O'zbekiston Respublikasi,                                    
Toshkent shahri, 100060                         
Amir Temur ko’chasi, 4 uy,                      
«O'zbekiston temir yo'llari» AJ,                 
Rustamov B.Z.

Tebinbuloq koni negizida
kon-metallurgiya kompleksi qurilishi
direktiyasi boshlig'i,
205-xona
Faks:  +998 (71) 236 48 99
Tel:     +998 (71) 236 49 80
           + 99890 975 28 69
Email: rustamov@uzrailway.uz;
            tgmk24@mail.ru

Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direktiyasi


Yuklash uchun hujjatlar

  • nashr uchun ko’rinish