«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ lokomotivlarning ehtiyot qismlarini xarid qilish bo‘yicha ochiq konkurs tanlovini o‘tkazilishi to‘g‘risida E’LON

E’LON
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ lokomotivlarning ehtiyot qismlarini xarid qilish bo‘yicha ochiq konkurs tanlovini o‘tkazilishi to‘g‘risida

MAHSULOTNING TAVSIFI VA NARXI


«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ lokomotivlarning ehtiyot qismlarini xarid qilish ochiq konkurs tanlovi e’lon qiladi.
Xarid qilinayotgan tovar va mahsulotlar uchun boshlang‘ich bahosi tanlov hujjatining narxlar qismida ko‘rsatilgan.
Moliyalashtirish manbasi - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mablag‘lari.
 
TANLOV O‘TKAZILADIGAN JOYNING MANZILI
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘ch,7, АJ «O‘zbekiston temir yo‘llari».
TANLOV ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR

Tanlovda ushbu maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun tegishli sertifikatlar va litsenziyaga ega xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni istagan ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar mijozga yozma ravishda xabar berishlari kerak (xat rasmiy blanka shaklida quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak).
BUYURTMACHI VA LOTLAR HAQIDA MA’LUMOT
Buyurtmachi nomi: «Temiryo‘lyonilg‘ita’min» boshqarmasi, АJ «O‘zbekiston temir yo‘llari».
TIN (ИНН): 201051951
Buyurtmachi manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘ch,7.
Boshlanish sanasi: 25 iyun 2020 y.
Tugatilish sanasi: 9 iyul 2020 y.
Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni: 9 iyul 2020 y. soat 17:00 gacha (Toshkent shahri vaqti bilan)
Takliflarni taqdim etish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘ch,7, Temiryo‘lyonilg‘ita’min АJ «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Aloqa bo‘limi: Qayumov Maxmud  - Xarid jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i, tel. +998 71 237 91 83, e-mail: standart@uzrailway.uz
Qiziqish bildirgan tomonlar tanlov hujjatini maxsus axborot portali (www.xarid.uz) orqali yuklab olishlari yoki buyurtmachiga yozma shaklda (firma blankida) murojaat qilib olishlari mumkin (xatning skaner qilingan shakli ko‘rsatilgan elektron manzilga yuborilishi kerak).

Дополнительная навигация по сайту