«AKTAU DENGIZ TIJORAT PORTI» MK» AJ

Aktau dengiz porti (Qozog'iston Respublikasi) Kaspiy dengizining sharqiy qirg'og'ida, quruq yuk, qayta ishlanmagan neft va neft mahsulotlarini sharqdan g'arbga, shimoldan janubga va teskari yo`nalishda Eron, Turkiya, Rossiya, Turkmaniston, O'zbekiston va boshqa davlatlarga yiliga 365 kun tashish imkonini beradigan bir qancha xalqaro transport yo'laklar chorrahasida joylashgan. “Aktau dengiz tijorat porti” MK” AJ Xalqaro dengiz portlari va bandargohlar assotsiatsiyasining a'zosi, shuningdek “Yangi Ipak Yo'li” loyihasining bo'g'ini hisoblanadi.

Aktau portida xaridorlarga yuklarni sifatli, tez va ishonchli tashish imkoniyatini beradigan temir yo`l paromlari va Rolker, quruq yuk, don terminallari va neftni qayta quyish imkoniyatini o`z ichiga olgan o'z yuklash-tushirish va parom kompleksi mavjud.

Aktau dengiz porti O'zbekiston yuk egalariga Kaspiy dengizining boshqa portlariga kirish, bundan keyin Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, O'rtayer dengizi va Qora dengiz portlari, keyingi o`rinlarda Yevropa mamlakatlariga chiqish imkonini beradi.

Joriy yil 25 sentabrda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “Aktau dengiz tijorat porti” MK” AJ o'rtasida mavjud xalqaro multimodal transport yo'nalishlaridan foydalangan holda yuk tashuvlari hajmini oshirish bo'yicha axborot-maslahat yordamini ko'rsatuvchi O'zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Aloqa:

  • Qozog'iston, Mang'istau viloyati, Aktau shahri, 7-sanoat zonasi, 43-uy

  • Qabulxona:  +7 (7292) 54 45 49, 44 51 00

  • Kotibiyat:  +7(7292) 44 54 70

  • Tijorat ishlari bo'limi: +7(7292) 44 51 27

  • Savdo va marketing bo'limi: +7(7292) 44 51 51

Port xizmatlari va narxlar to`g`risida to'liq ma'lumotni Portning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin:                                                       

https://www.portaktau.kz/en/