«KTZE-Khorgos Gateway» MCHJ

“KTZE-Khorgos Gateway” – Markaziy Osiyodagi eng yirik quruq port, u Xitoydan Qozog`istonga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi, Kaspiy mintaqasi va boshqa mamlakatlarga yuklarni qayta ishlash, saqlash va qayta yuklash bo`yicha xizmatlarning to`liq spektrini taqdim etadi. Strategik jihatdan Qozog`iston – Xitoy chegarasida, Qozog`iston Respublikasi hududida joylashgan.

Quruq port zamonaviy yuk tashish uskunalari, vagon va konteynerlarni hisobga olishning eng yangi avtomatlashtirilgan tizimi va terminallarni boshqarish tizimi (TOS) bilan jihozlangan.

Xorgos portining asosiy maqsadi mijozlarga mavjud yetkazib berish zanjiriga alternativ tez va ishonchli yo`nalishni taqdim etishdir.

Quruq port xizmatlari turli xil yuk operatsiyalarini o`z ichiga oladi, jumladan: vagon va konteyner operatsiyalari, yuklarni/konteynerlarni qayta yuklash, yengil avtomobillarni yuklash/tushirish, terminal xizmatlari, qo`shimcha logistika xizmatlari.

“KTZE-Khorgos Gateway” MCHJ portining asosiy afzalliklari:

  • Poyezdlarni qayta ishlash vaqtining tezligi;

  • Multimodallik;

  • Yuklarning xavfsizligi va daxlsizligi;

  • Yuklar haqida onlayn ma`lumot olish va boshqalar.

Joriy yil 17 avgust kuni yuk “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “KTZE-Khorgos Gateway” MCHJ o'rtasida yuklarni tashish sohasida o`zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi, u mavjud xalqaro multimodal transport yo`laklaridan foydalangan holda yuk tashish hajmini oshirish bo'yicha Tomonlarga axborot va konsalting yordamini ko`rsatadi.

Shu bilan birga, 2021 yil 5 oktabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. M. Mirziyoyev BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) “quruq portlar” to`g`risidagi hukumatlararo kelishuvga (dengiz orqali yuk tashish tartibini soddalashtirish imkonini beradi) O`zbekistonning qo`shilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Kelishuvning asosiy maqsadlaridan biri – xalqaro logistika markazlaridan foydalanishning yagona talablarini ishlab chiqish va yuklarni tashish tartibini soddalashtirish.

Qozog'iston Respublikasi (“KTZE-Khorgos Gateway” quruq porti) Rossiya va Eron davlatlari bilan bir qatorda ushbu Kelishuvning ishtirokchilari hisoblanadi.

Aloqa:

  • Qozog'iston Respublikasi, 041310, Olmaota viloyati,

  • Panfilov tumani, Penjim okrugi, Penjim qishlog'i, 1330-bino

Qabulxona:

Quruq port xizmatlari va narxlar to`g`risida to'liq ma'lumotni Portning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin:

http://en.khorgosgateway.com/