Metropolitenda poyezd to‘xtab qolganiga izoh
Joriy yilning 20 sentyabr soat 09:10 da G‘ofur G‘ulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.
Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatda tushurilgan va ortda harakatlanib kelgan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan. Texnik nosozlik 09:25 da bartaraf etilgan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.
"Toshkent metropoliteni" UK
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI