“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.  

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Unga asosan ko‘rik-tanlovining 1-bosqichida 148ta boshlang‘ich kasaba uyushmalari ishtirok etdi va saralangan kasaba uyushma tashkilotlarining hujjatlari tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun Respublika Kengashga tavsiya etildi. Shunday qilib, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga 28ta boshlang‘ich tashkilotlardan taqdim etilgan barcha hujjatlar komissiya a’zolari tomonidan o‘rganib chiqildi va “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” lar e’lon qilindi. 

2021 yilning 15 sentyabr kunida ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 254 ballni to‘plab, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent minaqaviy temir yo‘l uzeli kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi tasarrufidagi “Markaziy klinik kasalxonasi” kasaba uyushma qo‘mitasi egalladi. 

Ikkinchi o‘rin 251 ball bilan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi tasarrufidagi “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kasaba uyushma tashkilotiga nasib qildi.

237 ballni to‘plagan “Quyuv mexanika zavodi” SHK kasaba uyushma tashkiloti uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. 

Bundan tashqari a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 194 ball to‘plab, Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi tasarrufidagi Surxondaryo yuk hujjatlarini qayta ishlash texnologik markazi kasaba uyushma tashkiloti g‘olib bo‘ldi.

“Ushbu ko‘rik tanlov har yil o‘tkazilib kelinadi va “Markaziy klinik kasalxonasi” kasaba uyushma qo‘mitasi nafaqat “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovida balki, Respublika Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda ham faol ishtirok etadi”,- deydi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Yulduz Xashimova. Lekin bugungi 1-o‘rinni - g‘oliblikni qo‘lga kiritganimiz men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Umuman olganda, Markaziy klinik kasalxonasining butun jamoasi Respublika Kengashining doimo e’tiborida. Xususan, har yili Respublika Kengashi tomonidan sanatoriy-profilaktoriyalarda dam olishlari, farzandlarini sog‘lomlashtirishlari uchun bolalar oromgohlariga muntazam yo‘llanmalar beriladi. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot va ishchi-xodimlarni qo‘shimcha ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam puli ajratildi. Ana shunday rag‘batlarga yarasha biz ham o‘z mehnatimiz bilan munosib javob berishimiz kerak. Shunday ekan, nasib etsa, yakuniy 3-bosqichda ham oliy o‘rinlarni olishga, bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

Gʻoliblar O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining Respublika Kengashining diplom va qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Oliy o‘rinlarni egallagan tashkilotlarning hujjatlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashiga yuborildi. Navbatdagi sovrindorlar 11 noyabr “Kasaba uyushmalari xodimlari kuni” munosabati bilan e’lon qilinadi.

O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari 
kasaba uyushmalari Respublika Kengashi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI