Favqulodda holatda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashgʻuloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tashabbusi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Yagona dispetcherlik markazi dispetcherlari uchun ish vaqtida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam kelgunga qadar jablanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berishga qaratilgan 4 kunlik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarga jabrlanuvchi hushidan ketganda, nafas olmaganda, kuyganda, ochiq va yopiq suyak sinishida, qon ketishida va nafas yo‘liga yot jism tiqilganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam amalda namoyish etildi. To‘rt kun davom etgan mashqlarda 89 nafar xodim o‘qitildi.

– O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv mashqlari bizga juda manzur bo‘ldi, – deydi Yagona dispetcherlik markazi dispetcheri Nodirbek Mirzag‘aniyev. – Mavzu doirasida o‘rganganlarimizni amaliy mashqlar orqali mustahkamladik.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI