Multimodal yo'nalish: Birinchi yuk poyezdi O'zbekiston orqali Gruziyaga yetib bordi

Qirg'iziston Respublikasidan birinchi yuk poyezdi 21.01.2020 yil Qorasuv (Qirg'iziston) shahardan Batumi (Gruziya) shahriga jo'nab ketdi. Multimodal tranzit yo'lagi orqali jo'natilgan 49 sisternadan (mazut) iborat tarkib O'zbekiston xududidan rejalashtirilgan 36 soat o'rniga 33 soatda yo'l bo'sib o'tdi.

Mazkur loyiha, ya’ni O'zbekiston orqali yuklarni jo'natishni amalga oshirish muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bugungi kungacha tarkibida yana 48 ta mazut ortilgan sisternali yuk poyezdi Qorasuvdan Batumiga jo'nab ketdi. Ushbu tranzit multimodal yo’lagidan navbatdagi yuk jo'natish uchun tayyorgarlik ko’rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda 2019 yil 19-20 dekabr kunlari besh mamlakat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekiston temir yo'llari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida ishtirokchilar "Osiyo-tinch okeani mamlakatlari – Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa" xalqaro multimodal marshrutini rivojlantirish bo'yicha mazkur tadbirning ahamiyati, konteyner poyezdlarini jadallik bilan o'tkazish va yagona tariflarni qo'llash bo'yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish bilan kelishdilar, bu esa nafaqat Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari o'rtasida, balki Yevropa va Osiyo qit'asining boshqa davlatlari bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI