Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:06:37 (GMT +5), seshanba, 16 aprel 2024

Kelajak - umumiy harakatda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi ilk bor o'zbek tilida so'zlagan nutqiga munosabat 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 sentyabrda Amerika Qo'shma Shtatlariga qilgan rasmiy tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag'rikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va hokazo mavzularida so'zlagan nutqi Xalqaro siyosiy doiralarda hamda ommaviy axborot vositalarida uzoq vaqt ko'plab ijobiy fikrlar va muhokamalarga sabab bo'lgan edi. 

Kuni kecha 23 sentyabr` kuni bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining videokonfirentsiya shaklida o'tkazilgan 75-sessiyasida Prezidentimiz rivojlangan davlatlarning rahbarlari qatorida hozirgi kunning eng dolzarb mavzularini qamrab olgan masalalar yuzasidan ilk marta davlat tili – o'zbek tilida nutq so'zladi. Ushbu tarixiy nutq O'zbekistonning xalqaro hamjamiyat doirasidagi obro'-e'tiborini yanada oshirish bilan birga vatandoshlarimiz qalbida g'urur va iftixor, faxrlanish tuyg'usini uyg'otdi. 

Onlayn shaklida bo'lib o'tgan mazkur anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikr-muloxazalar o'zbek, rus va ingliz tillarida barcha telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali namoyish etildi. Shavkat Mirziyoev delegatsiyalar rahbarlari va xalqaro hamjamiyat e'tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o'z munosabatini bildirdi. Asosiy mavzularidan biri - koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengish bo'ldi. Bu borada O'zbekistonda amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida gapirar ekan, iqtisodiyot tarmoqlariga o'zining beminnat yordam qo'lini cho'zgan hamkorlarga o'zining cheksiz minnatdorchiligini izhor etdi. Shuningdek, har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta'minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to'g'risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif qildi. 

Yangilanayotgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar haqida alohida to'xtalib Markaziy Osiyo davlatlari oldida mintaqaning global iqtisodiy, transport va tranzit yo'laklariga chuqur integratsiyasini ta'minlash uchun BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklifini bildirdi. Darxaqiqat hukumatimiz tomonidan so'nggi yillarda transport va yuk tashish ishlariga alohida e'tibor berilib, olis masofalarni birlashtiruvchi yangi temiryo'l liniyalari kengaytirilib, ishga tushirilmoqda. Buning natijasida strategik axamiyatga ega bo'lgan iqtisodiyotning turli tarmoqlari rivojlanib chet el investittsiyalari keng jalb qilinishi bilan birga yurtimizda turizm sohasi rivojlanib bormoqda. 2021 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o'tkazish haqidagi Prezidentimizning taklifi yurtimizga tashrif buyuruvchi turistlarni sonini ortishiga sabab bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

2018 yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida tashkillashtirilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishtirokchilari «Toshkent deklaratsiyasi»ni qabul qilib, Afg'oniston masalasini hal qilishda bahamjihat harakat qilishni ta'kidlagan edilar. Anjumanda ushbu masalaga atroflicha to'xtaldi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg'on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko'rsatadigan qo'mita tashkil etish keraligini ta'kidlandi. 

Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev uzoq yillardan buyon davom etib kelayogan ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor murojaat qilar ekan, Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish keraligini bildirdi. 

Xulosa qilib aytganda, Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek xaqiqatdan ham O'zbekistonda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilib, o'zbek xalqi va o'zbek tili bugun mustaqillik sharofati bilan dunyo e'tiborida bo'lib jahon hamjamiyatidan o'ziga yarasha xos va mos o'rniga ega bo'lib bormoqda. Bunga birgina misol yuqorida ta'kidlaganimizdek Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyalaridagi faol ishtiroki hamda bu yilgi ilk marotaba jahon ommasiga murojaatnomaning o'zbek tilida havola qilinishi. 

Til - davlat timsoli va bebaho mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning yuksalishi demak. Til har bir millat madaniyatining o'zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Assambleyaning har bir sessiyasidagi O'zbekiston Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan global masalalar va takliflar nafaqat bizni balki, dunyo hamjamiyatini xushyorlikka, birdamlikka va kelajakka bo'lgan ishonchni so'ndirmaslikka shu bilan birga, ulkan rejalarni tinch yo'l bilan ro'yobga chiqarishga chorlamoqda.

  

Q.Sabirov - O'zbekiston temiryo'lchilari va transport 
quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish