Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:46:52 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Ko'mirni o‘g‘irlagan tajovuzkorlar aniqlandi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 17 noyabr kuni "Obliq" temir yo‘l stansiyasidan ko‘mir ortilgan poyezd yukni belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida bir necha noma'lum shaxslar ko‘mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida vagonga osilgan. 

Tezkorlik bilan mazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Oxangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma'lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to‘xtatgan. Hujumchilarni qo‘lga olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, noma’lum shaxslar voqea joyidan qochib ketgan. 

Zudlik bilan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida g‘araz niyatli kimsalarning shaxslari aniqlandi. Ular hech qayerda ishlamaydigan Angren shahrida  yashovchi: X.A.Buranov (1980 y.t.), A.D.izamov (1989 y. t.), S.U.Tanjarikov (1986 y. t.) va X.U.Tanjarikov (1985 y. t.) lar bo‘lib chiqdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish