Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:26:39 (GMT +5), yakshanba, 28 fevral 2021

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan fotosuratga sharh

Bugun yer usti halqa yo‘lining "Bekat-2" metro stansiyasining old tomonidan olingan fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz. "Bekat-2" stansiyasi atrofidagi drenaj tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgan paytda, devorning bir qismiga maxsus texnika tomonidan biroz tegib ketganligi bois devor qoplamasi shikastlangan.  

"Toshkent metropoliteni" UK xodimlari tomonidan ta'mirlash-tiklash ishlari olib borildi. Ushbu ishlarni bajarish uchun shikast yetkazilgan joydagi deformatsiya bo‘lgan marmar qismlarini (1,5 m2) almashtirish uchun olib tashlandi. 

Tarqalib ketgan fotosurat aynan ta'mirlash ishlari olib borilayotgan kuni olingan. Bugungi kunda ushbu devor qismi to‘liq tiklangan. Surat ilova qilinmoqda.  

"Toshkent metropoliteni" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish