Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

10:53:54 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Toshkent – Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining holatiga qilingan ig‘voga javob

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hozirgi kunda yo‘lovchilarga namunali servis xizmatlarini yanada oshirish, qulaylik yaratish maqsadida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha  yo‘lovchi poyezdlar qatnovini tashkil etish kabi qator ishlari amalga oshirib kelinmoqda.   

Rost24.uz axborot sayti jurnalisti Toshkent – Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi poyezdda safarda bo‘lib “60 yillik poyezdlarda hamon odam tashilmoqda...” degan talqinni ilg‘or surib maqola chiqardi. Poyezddagi vagonlar eskirganligi va sanitar xolati yomonligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma'sul xodimlaridan tashkil topgan operativ guruh “Toshkent-Janubiy” vokzalida safardan qaytgan aynan o‘sha ko‘rsatib o‘tilgan poyezdning yo‘lovchilarini tushirib bo‘lgandan keyingi holati o‘rganildi va poyezddagi sanitar va estetik holat bo‘yicha  foto  suratlar yuqoridagi ig‘vo ma'qolada keltirilgan vajlarni aksini ko‘rsatdi. Ya'ni barcha vagonlar hamda vagon-restoran tozaligi va estetik holati qoniqarliligi qo‘yidagi foto suratlarda o‘z aksini topgan.    

Ta’kidlash lozim, so‘nggi 5 yil  ichida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  tomonidan yo‘lovchilarni tashish uchun moʻljallangan vagon parkini yangilash bo‘yicha 152 dona vagon xarid qilindi, vagonlarni kapital  ta’mirlash  va  modernizatsiya  qilish  davomida 570 dona vagoni  qayta  ta’mirdan  chiqarildi. Yuqorida qayd etilgan vagonlar esa 2020 yilning noyabr oyida depo ta’mirdan chiqqan. Bu esa quyidagi rasmda ham aks etgan.

Shuni alohida eslatib o‘tamizki, 2020 yil avgust oyidan boshlab, yurtimizda karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.  Yo‘lovchi poyezdlarni safarga tayyorlashda Markaziy sanitariya epidemiologiya stansiyasining navbatchilari tomonidan qa'tiy nazorat o‘rnatilib, har bir vagon hamda undagi jihozlarni dezinfektsiya qilish ishlari olib boriladi va tekshiruvdan o‘tkazilib vagonlarni reysga qo‘yishga ruhsat beriladi.


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish