Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

04:46:07 (GMT +5), juma, 23 aprel 2021

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Samarqandga sayohat tashkil qilindi

Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Transport ichki ishlar bosh boshqarmasi, “O‘zbeksiton temir yo‘llari”AJ, “O‘ztemiryo‘yo‘lovchi”AJ hamda Transport universiteti hamkorligida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. 

Unda so‘zga chiqqan Respublika Transport prokurori Ma’rufxon Xodjayev tadbirda qatnashgan Transport universitetining ayol o‘qituvchi va talabalarini bayram bilan tabriklar ekan, mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan xotin - qizlarga juda katta e’tibor berilib, jamiyatning har bir bo‘g‘inida faollik bilan ish yuritishlari uchun barcha qulayliklar yaratilayotganligi, bundan tashqari ayollarimiz, opa-singillarimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan qizlarimizning salomatligini har tomonlama mustahkamlash uchun barcha chora tadbirlar amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof qilib o‘tdi. 

Darhaqiqat, ayollar muvaffaqiyat qozonmagan sohaning o‘zi yo‘q. Ayol-qizlar boshqa kasbu korlar qatori fan cho‘qqilarini ham zabt etib kelishmoqda. Birgina Transport universitetin oladigan bo‘lsak, ushbu maskanda hozirgi kunda 700 nafardan ziyod ayollar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shulardan 400 nafari professor o‘qituvchilardir. 

Mazkur Universitetning Yoshlar masalalari va  ma’naviyat hamda ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori Dilshod  Baratovning ta’kidlashicha, joriy yildan boshlab, yurtimizda o‘tkaziladigan bayramlar arafasida faol o‘qituvchi va talabalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida  ular uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil qilish rejalashtirilgan. Ushbu rejaga asosan, bahorning ilk bayrami 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni arafasida 40 nafarga yaqin Transport universitetining faol o‘qituvchi va talabalariga  Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi.

Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalida o‘tkazilgan tadbirda ushbu sayohatga chiqqan Transport universitetining o‘qituvchi va talabalariga  bayram  sovg‘alar topshirildi. "Afrosiyob" poyezdida Samarqand shahriga sayohatga borgan o‘qituvchi ayollar hamda talaba qizlar kun davomida shahardagi ko‘plab muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish