Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

19:01:49 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Polshadan yo‘lga chiqqan konteyner poyezdi Jizzaxga yetib keldi

Kuni kecha Yevropadan yo‘lga chiqqan ilk konteyner poyezdi Jizzax logistika markaziga kirib keldi. Ta’kidlash joiz, bugungi kunda, xorijiy davlatlardan yurtimizga kelayotgan konteyner poyezdlarni qisqa muddatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistika markazlariga qabul qilib, “eshikdan eshikgacha” tamoyili asosida ish yuritilmoqda.

– 2021 yil 29 mart kuni Polsha davlatining “Malashevich” stansiyasidan Jizzax shahriga yetkazilishi ko‘zda tutilgan 62ta konteyner ortilgan poyezd 6 kun davomida  Belorus Respublikasi, Rossiya Federasiyasi hamda Qozog‘iston orqali harakatlanib, 4 aprel kuni erta tongda “Keles” stansiyasi orqali Toshkent shahriga yetib keldi, – deydi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Marketing va logistika boshqarmasi boshlig‘i Oybek Jabborov. – Ushbu konteyner poyezdi “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK qarashli “O‘zbekiston” stansiyasida zamonaviy elektrovozga ulanib, bojxona nazorati xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Jizzax logistika  markaziga yetkazildi.

Temir yo‘l transportida konteyner yuk poyezdlariga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Shu bois “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va uning hududlardagi filiallarida sohani yanada rivojlantirish orqali hamkorlar sonini kengaytirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda mazkur Jamiyatga qarashli 25dan ziyod logistika markazlari mavjud bo‘lib, ular yurtimizdagi tadbirkor-ishbilarmonlarga maxsulotlarini eksport-import qilishda samarali faoliyat olib borishmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan doimiy ravishda eksport-import maxsulotlari 13ta yo‘nalish bo‘yicha 19ta portga, bu portlar orqali esa yana o‘nlab boshqa portlarga yetkazilmoqda. Jumladan, “Keles” va “Qoraqalpog‘iston” chegara stansiyalari orqali Rossiyaning Novorossiysk, Ukrainaning Odessa portlari orqali Qora dengizga, Rossiyaning Sankt-Peterburg va Boltiqbo‘yi davlatlarining Boltiq dengizi portlariga, Kaspiy dengizining Turkmanboshi portiga, u yerdan Ozarbayjon, Gruziya orqali Turkiyaning Mersin portiga, “Keles” chegara stansiyasi orqali Altinko‘l – Xorgos quruq porti yo‘l olmoqda. Shuningdek, Xitoyning Sindao, Lyanyungan va Shanxay portlariga, u yerdan Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Seul portlariga, Qozog‘iston va Rossiya hududi bo‘ylab uzoq sharqdagi Naxodka kabi portlarga mamlakatimizning eksport-import yuklari konteynerlarda yetkazib berilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish