Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:09:40 (GMT +5), payshanba, 18 aprel 2024

Bajarilgan ishlar muhokama qilinib, rejalar belgilandi

Ma’lumki, 2021 yilning mart oyi davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi tasarrufidagi stansiyalar hamda uchastka yo‘llari va korxonalarda bahorgi ko‘rik o‘tkazildi.

Dastlab, Toshkent – Jizzax hamda Toshkent – Angren oralig‘idagi temir yo‘l korxonalari, stansiyalar va uchastka yo‘llarida o‘tkazilgan ko‘rik haqida gazetamizning avvalgi sonida xabar bergan edik. Navbatdagi ko‘rik esa uzelning Toshkent hududidagi 9ta stansiyasida bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalarining 8-bob 132 bandiga asosan korxonalar va stansiyalarda harakat xavfsizligi talablari va tashish texnologik jarayonining bajarilishi, xo‘jaliklarning ahvoli, mehnat muhofazasi va intizomi, texnik vositalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganish, poyezdlar harakatini tashkil qilishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash yuzasidan monitoring o‘tkazish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritish maqsadida tashkil qilindi.

Galdagi ko‘rik davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Akmal Kamalov boshchiligida “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i Ixtiyor Farmonov, boshqarmalar boshliqlari, uchastka yo‘llari hamda stansiyalarga mas’ul mutaxassislar 30 mart kuni uzel tasarrufidagi “Toshkent yuk”, “Xamza”, “To‘qimachi”, “Rahimov”, “O‘rtaovul”, “Dalaguzar”, “Nazarbek”, “Keles” hamda “Chuqursoy” stansiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ko‘rik davomida rahbar va mutaxassislar stansiyalardagi bahor-yoz mavsumida uzluksiz faoliyat yuritishga ko‘rilgan tayorgarliklarga, Jamiyat rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarning qay tariqa uddalanganiga, ish joylarida mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan qilingan ishlarga, yuk ortib, tushirish jarayonidagi holatlarga beho berib, kuzgi ko‘rikda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilgan ishlarga alohida e’tibor qaratishdi.

2 aprel kuni esa “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida stansiya va tashkilotlarda, uchastka yo‘llarida bahorgi ko‘rik natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar uzelga qarashli stansiyalar va korxonalarda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga ham e’tibor qaratishdi hamda hududlardagi rahbar va mutaxassislarga, ayniqsa, stansiya boshliqlariga harakat xavfsizligini ta’minlash, stansiyalarda mijozlar uchun har tomonlama qulay sharoitlarni yanada yaxshilash orqali yuk tashish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berishdi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish