Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:51:31 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Metropoliten: Kuni kecha poezd to'xtashi sabablarining tekshiruvi natijalari

Tekshiruv natijalariga ko'ra, Chilonzor yo'nalishida "Buyuk ipak yo'li" — "5-bekat" yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti "Milliy bog'" va "Novza" bekatlari oralig'ida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda to'xtashni amalga oshirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yo‘lda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib qolgan. Ko'rsatma (инструкция) talablariga binoan, mashinist poezdning harakatini to‘xtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yo‘nalishdagi xarakat tarkiblarni elektr ta'minotdan uzildi va shundan so‘nggina barcha yo'lovchilar poyezddan "Novza" bekatigacha evakuatsiya qilindi.

Eslatib o'tamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir bo'ldi. Chilonzor yo‘nalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida  harakatlangan, ya'ni alohida tunnel uchastkalarida bitta yo'nalish bo'ylab. Shu kunning o'zida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi.

"Toshkent metropoliteni" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish