«Yo‘lreftrans» AJ

Tijorat taklifi

“Yo‘lreftrans” AJ sizga o‘z ehtiromi va mustahkam ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatish istagini bildiradi.

Kompaniyaning vazifalari:

-Respublika hududida ho‘l-meva, qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi tez buziluvchan mahsulotlarini temir yo‘l tizimida tashishga, eksport, importini amalga oshirishga mo‘ljallangan “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyati nafaqat Respublika hududida balki, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hamda Boltiq bo‘yi mamlakatlari hududida ham muzlatgichli refrijerator vagonlarda tashuvlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega;
-Tez buziluvchan yuklarni O‘zbekiston Respublikasidan/ga MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlariga/dan tez buziluvchan oziq-ovqat mahsulotlarini tashish;
-Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida mavjud izotermik termos vagonlarni kapital taʼmirlash, vagonlarning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish hamda eksport xizmatlari ko‘rsatish;
-Izotermik refrijerator vagonlarni yuk jo‘natuvchilarning talabnomalariga asosan ijaraga berish.

Yuk tashish quyidagicha o‘z ichiga oladi:

Tez buziluvchan oziq-ovqat mahsulotlarini tashish;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish;
Don, un mahsulotlarini tashish;
Baliq va go‘sht mahsulotlarini tashish;
Konserva mahsulotlarini tashish.

“Yo‘lreftrans” AJ MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlari kabi mahalliy va xalqaro qatnovlarda meva sabzavot va tez buziluvchan yuklarni tashishda kompleks transport-ekspeditorlik xizmatlarini taqdim etadi.

Temir yo‘l transporti orqali tashiladigan eksport-import yuklarga ekspeditorlik qilish;
Tez buziluvchan yuklarni O‘zbekiston Respublikasidan/ga MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlariga/dan yuklarni tashishda eng kam stavkalarni taqdim etish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha mahalliy tariflarga chegirmalar:

- Yuk tashish masofasi uzunligining ortishiga qarab tarif stavkalariga 0.30% - 0.60% chegirmalar joriy qilindi.
- Refrijerator seksiyalarda yuk ortish uchun belgilangan 2 soat 15 minut vaqt 4 sutkagacha uzaytirildi.
- Qo‘shni Qozog‘iston temir yo‘llaridan tranzit o‘tuvchi yuk tariflariga 65% chegirma belgilandi.
- Rossiya Federatsiyasi hududiga import ho‘l-meva sabzavot mahsulotlariga 50% li chegirma belgilangan.

Refrijerator sovitkichli vagonlarga ortilgan ho‘l-meva sabzavot mahsulotlari va boshqa turdagi tez buziluvchan yuklar sanitariya gigiyenik normalariga to‘liq rioya qilgan holda, belgilangan harorat meʼyorlari muntazam nazorat qilinib, sifat kafolati taʼminlanib, belgilangan manziliga o‘z vaqtida yetkazib beriladi.

Biz xizmatlarimiz haqida siz uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda va kunda batafsil maʼlumot taqdimotini taqdim etishdan mamnun bo‘lamiz.

Uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka umid qilamiz.

Ish. tel: +99867 377 11 97, +99871 237 91 57, +99871 237 80 20, +99871 237 91 26
Telegram: +99897 107 82 28
Faks: +99871 238 81 60
Email: aoyolreftrans@mail.ru, dorreftrans@mail.ru
Sayt: www.reftrans.uz

“Yo’lRefTrans” AJ ma'muriyati