“Boshqaruv raisi kubogi-2021” musobaqasining saralash bosqichi g‘oliblari aniqlamoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh temiryo‘lchilar o‘rtasida “Boshqaruv raisi kubogi-2021” futbol musobaqasiga start berildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Temiryo‘lchi yoshlari o‘rtasida “Boshqaruv raisi kubogi-2021” futbol musobaqasini o‘tkazish maqsadida temir yo‘l transporti tasarrufidagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan futbol musobaqasining saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 48ta terma jamoa “Boshqaruv raisi kubogi-2021” yakuniy o‘yinlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Joriy yilning 7 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida qurʼa tashlash marosimidan so‘ng “Boshqaruv raisi kubogi-2021” futbol musobaqasining raqib jamoalari nomi aniqlanib, musobaqaga start berildi.

18 oktyabr sanasiga qadar 1-2-bosqich saralash o‘yinlari yakunlanadi. Oktyabr oyining oxirgi haftasida Toshkent shahrida yakuniy 3-4-bosqich o‘yinlari 1-2-bosqich g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Axborot -tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI