672 nafar o‘quvchi volontyorlikka qabul qilindi

Toshkent temir yo‘l texnikumida 2021/2022 o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan 672 nafar o‘quvchini O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti a’zoligiga volontyor (ko‘ngilli) bo‘lib qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti raisi D.Karimova O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining 96 yilligi hamda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining 64 yilligi va O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda barkamol avlodni har tomonlama shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-intellektual dunyoqarashini boyitish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat ruhi bilan tarbiyalashda bajarilgan ishlar xususida ma’ruza qildi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tibbiy-ijtimoiy bo‘lim boshlig‘i Sanjar Umarov shu tashkilotning tarixi, emblemasi va asosiy maqsad hamda vazifalari haqida so‘zlab berdi. Xususan, tarbiyalanayotgan yoshlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lib, yurtimiz taraqqiy etishida  munosib hissa qo‘shishlari zarurligi ta’kidlandi. 

Tadbirda ishtirok etgan va tashkilotga volontyor bo‘lib qabul qilingan o‘quvchilar mehr-muruvvatli bo‘lishga, volontyor sifatida o‘z burchiga sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berishdi va murojaatnomani faol volontyor o‘quvchi Rayhon Saparbekova o‘qib eshittirdi. 

Tashkilot bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy, xayriya, salomatlik tadbirlari borasida olib borayotgan samarali faoliyati uchun texnikum yoshlar yetakchisi Dilbar Rejametova tashkilotning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI