Munosabat: Aholi murojaati ijobiy hal etildi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Tengdosh” MFY aholisi “Poyezd qatnovi sabab yo‘limiz yopildi va aholi bordi-keldiga qiynalmoqda” mazmundagi videomurojaat bilan chiqishdi. 

Ushbu murojaatda aks etgan holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK rahbariyati mahalliy aholi bilan uchrashdi, vaziyat joyida o’rganildi. 

Ta’kidlash joiz, mazkur hudud orqali “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishida nafaqat yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob”, balki tezyurar "Nasaf", shaharlararo poyezd (elektrichka)lari hamda yuk poyezdlari muntazam ravishda qatnaydi va ushbu qayd etilayotgan aholi yashash punkti yaqinida  o‘tuvchi temir  yo‘lda qo’riqlanadigan piyodalar uchun maxsus joyi mavjudligi aniqlandi. Ushbu joydan o‘tish, temir yo‘lning boshqa tomoniga borish va qaytish uchun sharoitlar yaratilgan. 

Suhbat davomida mahalliy aholining asosiy muammosi boshqa masalada ekanligi  aniqlandi. Ya’ni, magistral avto yo’ldan qishloqqa olib boruvchi yo’lning uzoqligidan shikoyat qilindi. Aholiga yordam tariqasida qishloq oqsoqollari bilan kelishilgan holda “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK tomonidan yordam tariqasida qishloqqa olib boruvchi yana bir boshqa ta’mirtalab qisqa avto yo’lni qaytadan ta’mirlash uchun kelishildi hamda tez orada ta'mirlash ishlari boshlanishi ta’kidlandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI